YouVersion Logo
Search Icon

2 Solnomalar 15

15
15–BOB
Shoh Osoning islohotlari
1Odod oʻgʻli Ozariyoni Xudoning Ruhi qamrab oldi. 2Ozariyo Osoning huzuriga borib dedi:
— Ey shoh Oso! Ey Yahudo va Benyamin xalqi! Gapimga quloq solinglar. Sizlar Egamiz bilan boʻlar ekansiz, U ham sizlar bilan birga boʻladi. Agar sizlar Egamizni izlasangizlar, Uni topasizlar. Agar Uni tark etsangizlar, U ham sizlarni tark etadi. 3Isroil xalqi uzoq vaqt davomida#15:3 …uzoq vaqt davomida… — hakamlar davriga ishora (Hakamlar 2:8-23 ga qarang). haqiqiy Xudosiz yashadi. Ularga taʼlim beradigan ruhoniy yoʻq edi, ular qonundan mahrum edilar. 4Lekin boshlariga ogʻir kulfat tushganda, ular Isroil xalqining Xudosiga — Egamizga yuz burdilar, Uni izladilar, shunda topdilar. 5Oʻsha notinch davrda yoʻlga chiqish xatarli edi, chunki hamma joyda tartibsizlik va behalovatlik hukmron edi. 6Bir xalq ikkinchisini yakson qilardi, bir shahar boshqasini vayron etar edi, chunki Xudo ularni iztirobga solib, behalovat qilib qoʻygan edi. 7Lekin sizlar dadil boʻlinglar! Tushkunlikka tushmanglar! Sizlar qilgan ishlaringiz uchun mukofot olasizlar.
8Shoh Oso Odod oʻgʻli Ozariyo paygʻambarning aytgan bashoratini eshitgach#15:8 …Odod oʻgʻli Ozariyo paygʻambarning aytgan bashoratini eshitgach… — qadimiy suryoniycha va lotincha tarjimalardan (yana shu bobning 1–oyatiga qarang). Ibroniycha matnda …bu soʻzlarni va Odod paygʻambarning aytgan bashoratini eshitgach…., dadillashdi. U Yahudo va Benyamin yerlaridan, shuningdek, Efrayim qirlarida qoʻlga kiritgan shaharlardan makruh butlarni yoʻq qildi. Maʼbad hovlisidagi Egamizning qurbongohini tuzatdi. 9U Yahudo va Benyamin xalqini, shuningdek, oralarida istiqomat qilayotgan Efrayim, Manashe va Shimoʻn qabilasidan boʻlgan musofirlarni toʻpladi. Ularning koʻpchiligi Oso hukmronligi davrida Yahudoga koʻchib kelgan edilar, chunki Egasi Xudo Oso bilan birga boʻlganini koʻrgan edilar. 10Ular Oso hukmronligining oʻn beshinchi yili uchinchi oyida#15:10 Oso hukmronligining oʻn beshinchi yili uchinchi oyi — miloddan oldingi 895 yilning uchinchi oyi. Ibroniy kalendarining Shavon oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan mayning oʻrtasidan boshlanadi. Quddusda toʻplandilar. 11Oʻsha kuni oʻzlari olib kelgan oʻljalardan 700 ta buqa va 7000 ta qoʻyni Egamizga qurbonlik qildilar. 12Soʻng ota–bobolarining Xudosiga — Egamizga butun qalbi bilan, jonu dili bilan intilishga ahd qildilar. 13Kimki Isroil xalqining Xudosiga — Egamizga intilmasa, xoh yosh boʻlsin, xoh qari, xoh erkak boʻlsin, xoh ayol, oʻldiriladigan boʻldi. 14Ular baland ovozda Egamizga qasamyod qildilar, hayqirdilar, karnay va burgʻular chaldilar. 15Jamiki Yahudo xalqi chin dildan qasamyod qilgani uchun xursand boʻldi. Ular Egamizni astoydil izlaganlari uchun Uni topdilar. Egamiz ularga har tarafdan osoyishtalik ato qildi.
16Shoh Osoning buvisi#15:16 buvisi — ibroniycha matnda onasi, biroq bu soʻz buvisiga yoki katta momolarning biriga ishora qilishi ham mumkin. 11:20 va 13:1-2 ga koʻra, Maxo Osoning buvisi, yaʼni Osoning otasi Abiyoni tuqqan onasi edi. Maxo Asheraning#15:16 Ashera — 14:3 ning ikkinchi izohiga qarang. makruh tasvirini yasattirgan edi, shuning uchun Oso buvisini malikalik martabasidan#15:16 malikalik martabasi — qadimgi Isroilda yuksak martaba hisoblangan (3 Shohlar 2:19 ga qarang). mahrum qildi. U buvisi yasattirgan butni qoʻporib tashlab, parcha–parcha qilgandan keyin, Qidron soyligida#15:16 Qidron soyligi — Quddus shahridan sharqda joylashgan. Soylik — ikki adir oraligʻidagi pastlik. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SOYLIK soʻziga qarang. yoqib yubordi. 17Oso Isroildagi sajdagohlarni#15:17 sajdagohlar — 11:15 ning birinchi izohiga qarang. yoʻq qilmagan boʻlsa ham, umr boʻyi Egamizga sodiq qoldi. 18Otasi va oʻzi Xudoga atab nazr etgan oltinu kumushlarni, idishlarni Xudoning uyiga olib keldi. 19Oso hukmronligining oʻttiz beshinchi yiliga qadar urush boʻlmadi.

Currently Selected:

2 Solnomalar 15: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

Video for 2 Solnomalar 15