2 Solnomalar 10
10
10–BOB
Shimoldagi qabilalar qoʻzgʻoloni
1Raxabom Shakam shahriga#10:1 Shakam shahri — shimoldagi qabilalarga qarashli asosiy shahar (Yoshua 24:1 ga qarang). Bu shahar Quddusdan qariyb 50 kilometr shimolda, Isroil tepaliklarida joylashgan. ketdi. Jamiki Isroil xalqi#10:1 Isroil xalqi — shimoliy qabilalardan tashkil topgan xalq nazarda tutilgan. ham, Raxabomni shoh qilib koʻtaramiz deb, Shakamga kelishdi. 2Nabat oʻgʻli Yeribom bu haqda eshitib, Misrdan qaytdi. U Sulaymonning dastidan Misrga qochgan edi. 3Isroil xalqi odam yuborib, uni chaqirtirib keldi. Soʻng Yeribom bilan birgalikda hammasi Raxabom huzuriga kelib, unga shu gapni aytishdi:
4— Otangiz bizga ogʻir boʻyinturuq solib, ogʻir mehnat qilishga bizni majburlagan edi. Endi siz mehnatimizni yengillatib, bizni boʻyinturuqdan xalos qiling. Oʻshanda biz sizga itoat etamiz.
5— Uch kundan keyin huzurimga kelinglar, — dedi Raxabom kelganlarga.
Shunday qilib, xalq qaytib ketdi.
6Shoh Raxabomning otasi Sulaymon hayotligi davrida oqsoqollar har doim uning oldida hoziru nozir edilar. Shoh oʻsha oqsoqollarga maslahat soldi:
— Sizlar nima deysizlar, bu xalqqa nima deb javob bersam boʻladi?
7Oqsoqollar shohga shunday deb maslahat berishdi:
— Agar siz bu xalqqa mehr koʻrsatib, ularni mamnun qilsangiz, ulardan yaxshi soʻzingizni ayamasangiz, ular sizga bir umr xizmat qiladilar.
8Lekin shoh oqsoqollarning maslahatini rad qildi. Birga oʻsgan va oʻziga xizmat qilayotgan yosh yigitlar bilan maslahatlashdi. 9Shoh oʻsha yigitlarga dedi:
— Bu xalq menga: “Otangiz bizga solgan ogʻir boʻyinturuqdan endi bizni siz xalos qiling”, deyapti. Ularga nima deb javob berayin? Sizlar qanday maslahat berasizlar?
10Raxabom bilan birga oʻsib–ulgʻaygan yosh yigitlar unga shunday maslahat berishdi:
— Arz qilgan oʻsha xalqqa shunday deb ayt: “Mening jimjilogʻim otamning belidan ham yoʻgʻon. 11Otam sizlarga ogʻir boʻyinturuq solgan edi, endi men undan ham battarrogʻini qilaman. Otam sizlarni qamchi bilan jazolagan ekan, men esa chayonlarga chaqtirib, jazolayman.”
12Raxabom Yeribomga va xalqqa: “Uchinchi kuni huzurimga kelinglar”, deb aytgani uchun xalq aytilgan paytda shoh Raxabomning huzuriga keldi. 13-14Shoh oqsoqollarning bergan maslahatlarini pisand qilmay, yosh yigitlarning gapiga kirib, xalqqa keskin javob berdi:
— Otam sizlarga ogʻir boʻyinturuq solgan edi, endi men undan ham battarrogʻini qilaman. Otam sizlarni qamchi bilan urib jazolagan ekan, men esa chayonlarga chaqtirib jazolayman.
15Shunday qilib, shoh xalqqa quloq solmadi. Egamizning Shiloʻlik Oxiyo orqali Nabat oʻgʻli Yeribomga bergan soʻzi#10:15 …Shiloʻlik Oxiyo orqali…Yeribomga bergan soʻzi… — 3 Shohlar 11:29-39 ga qarang. bajo boʻlishi uchun Xudo bu voqeani shunday rejalashtirgan edi. 16Isroil xalqi qarasaki, shoh gapga quloq solmayapti. Shundan keyin xalq unga shunday xitob qildi:
“Essay oʻgʻli Dovudning bizga oʻtkazib qoʻygan joyi yoʻq,
Bizning ham undan qarzimiz yoʻq!
Ey Isroil xalqi, har biringiz oʻz uyingizga qayting!
Ey Dovud, endi oʻz koʻmachingga oʻzing kul tortaver!”
Shunday qilib, Isroil xalqi uylariga tarqalib ketdi. 17Raxabom faqat Yahudo shaharlarida yashaydigan Isroil xalqi ustidangina hukmronlik qiladigan boʻlib qoldi.
18Shoh Raxabom qarollar boshligʻi Odoniramni#10:18 Odoniram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Hadoram. Isroil xalqi oldiga yuborgan edi, Isroil#10:18 Isroil — shu kitobning davomida shimoliy shohlik Isroil degan nom bilan, janubiy shohlik esa Yahudo degan nom bilan yuritilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi ISROIL va YAHUDO soʻzlariga qarang. xalqi uni toshboʻron qilib oʻldirdi. Bu xabarni shoh Raxabom eshitdi–yu, shosha–pisha jang aravasiga minib Quddusga qochdi. 19Isroil xalqi oʻsha kundan boshlab Dovud xonadonidan yuz oʻgirdi.
Currently Selected:
2 Solnomalar 10: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020