2 Solnomalar 9
9
9–BOB
Shava malikasi Quddusga tashrif buyuradi
1Shava#9:1 Shava — bu yurt Arabiston yarim orolining janubi–gʻarb tomonida boʻlgani ehtimoldan holi emas. malikasi Sulaymonning dongʻini eshitgach, Quddusga keldi. U Sulaymonga topishmoqlar aytib sinab koʻrmoqchi edi. Malika oʻzi bilan juda koʻp miqdorda oltin va qimmatbaho toshlar, xushboʻy ziravorlar yuklangan katta karvonni boshlab kelgan edi. Malika Sulaymonning huzuriga kirgach, koʻnglida nima boʻlsa, hammasini unga aytdi. 2Sulaymon malikaning hamma savollariga javob berdi, malikaning bironta savoliga javob berishda qiynalmadi. 3Shava malikasi Sulaymonning donoligini, u qurgan saroyni, 4dasturxonidagi noz–neʼmatlarni, xizmatkorlarining yashash sharoitlarini, shoh soqiylariyu#9:4 soqiy — shohga oʻz qoʻli bilan sharob quyadigan, saroyda yuqori martabaga ega boʻlgan, ishonchga loyiq aʼyon. Shuningdek, u shoh uchun sharob tanlashi va uni tatib koʻrib, zaharli emasligiga ishonch hosil qilishi kerak edi. bakovullarini#9:4 bakovul — saroyda shoh uchun tayyorlanadigan maxsus taomni tatib koʻruvchi va ovqat tayyorlash ishlarini nazorat qiluvchi mansabdor shaxs. hamda ularning xizmat liboslarini, Egamizning uyida shoh Sulaymon kuydirib, nazr qilgan qurbonliklarni#9:4 Egamizning uyida shoh Sulaymon kuydirib, nazr qilgan qurbonliklar — qadimiy yunoncha, suryoniycha va lotincha tarjimalardan (yana 3 Shohlar 10:5 ga qarang). koʻrdi. Malika gʻoyat hayratlanib, 5shohga dedi:
— Sizning ishlaringiz, donoligingiz haqida yurtimda eshitganlarim toʻgʻri ekan. 6Kelib oʻz koʻzlarim bilan koʻrmagunimcha, gap–soʻzlarga ishonmagan edim. Menga donoligingizning hatto yarmini ham aytishmagan ekan. Men eshitgandan ham ortiq boʻlib chiqdingiz! 7Naqadar baxtiyordir odamlaringiz! Omadlidir xizmatkorlaringiz! Ular doimo huzuringizda boʻlib, donoligingizdan bahra olishar. 8Sizdan mamnun boʻlib, Oʻz vakili sifatida sizni Isroil taxti uzra oʻtqazgan Egangiz Xudoga hamdu sanolar boʻlsin. U Isroilni to abad sevgani uchun adolat va toʻgʻrilik bilan hukm etsin deb, sizni shoh qilgan ekan.
9Malika Sulaymonga 250 pud#9:9 250 pud — ibroniycha matnda 120 talant, taxminan 4 tonnaga toʻgʻri keladi. oltin, behisob xushboʻy ziravorlar va qimmatbaho toshlar hadya qildi. Shava malikasi hadya qilgan xushboʻy ziravorlarning sifati shu qadar yuqori ediki, ularga teng keladigani yoʻq edi.
10Xiram bilan Sulaymonning Ofirdan oltin olib kelgan xizmatkorlari sandal daraxti yogʻochlari va qimmatbaho toshlarni ham keltirgandilar. 11Shoh oʻsha yogʻochlardan Egamizning uyi uchun ham, shoh saroyi uchun ham zinalar, musiqachilar uchun lira va arfalar yasattirdi. Bularga oʻxshaganini Yahudo yurtida hech kim hech qachon koʻrmagan.
12Shoh Sulaymon Shava malikasiga istaganini va soʻraganining hammasini muhayyo qildi, malikaga olib kelganidan ham ziyodroq narsa berdi. Shundan keyin malika hamma odamlarini ergashtirib oʻz yurtiga joʻnab ketdi.
Shoh Sulaymonning boyligi
13Har yili Sulaymonga kelib turadigan oltinning ogʻirligi 1425 pud#9:13 1425 pud — ibroniycha matnda 666 talant, taxminan 23 tonnaga toʻgʻri keladi. edi. 14Odamlar va savdogarlarning oldi–sotdisidan olinadigan soliq bunga kirmasdi. Arab shohlari va Isroil hokimlari ham Sulaymonga oltin, kumush olib kelishardi. 15Shoh Sulaymon oltindan ikki yuzta katta qalqon yasattirdi. Har bir qalqonni yasashga yarim pud#9:15 yarim pud — ibroniycha matnda olti yuz shaqal, taxminan 8,5 kiloga toʻgʻri keladi. oltin sarf boʻldi. 16Yana oltindan uch yuzta kichik qalqon ham yasattirdi. Har bir qalqon uchun 400 misqol oltin#9:16 400 misqol oltin — ibroniycha matnda 300…oltin deb yozilgan boʻlib, oʻlchov birligi berilmagan. 300 biqo (yaʼni yarim shaqal) oltin nazarda tutilgan boʻlishi mumkin, taxminan 1,7 kiloga toʻgʻri keladi (3 Shohlar 10:17 ga qarang). sarflandi. Shoh bu qalqonlarni “Lubnon oʻrmoni” degan uyiga#9:16 “Lubnon oʻrmoni” degan uyi — 3 Shohlar 7:2 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang. qoʻydi.
17U yana fil suyagidan katta taxt yasatib, uni toza oltin bilan qoplatdi. 18Taxtning oltita pogʻonasi va oʻrindiqqa ulangan oltin oyoq kursisi bor edi. Oʻrindiqning ikki tomonida tirsagi bor edi. Tirsaklarning yonida ikkita sher tasviri turardi. 19Har bir pogʻonaning ikki chekkasida ham bittadan sher tasviri boʻlib, taxtning olti pogʻonasida jami oʻn ikkita sher tasviri bor edi. Bunday taxt boshqa birorta shohlikda boʻlmagan edi. 20Shoh Sulaymonning ichimlik ichadigan hamma idishlari oltindan, “Lubnon oʻrmoni” degan uyidagi hamma idishlar ham toza oltindan edi. Sulaymon davrida kumush arzimas narsa boʻlib qolgan edi. 21Dengizda, Xiramning kemalari qatorida, Sulaymonning ham savdo kemalari#9:21 savdo kemalari — ibroniycha matnda Tarshish kemalari, ulkan savdo kemalari aynan shu nom bilan atalardi. Tarshish hozirgi Ispaniyaning hududida joylashgan bandargoh shahar boʻlib, oʻzining katta savdo kemalari bilan mashhur edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BANDARGOH soʻziga qarang. boʻlib, bu kemalar har uch yilda oltin, kumush, fil suyagi, turli–tuman maymunlar#9:21 turli–tuman maymunlar — yoki maymunlar va tovuslar. olib qaytardi.
22Shunday qilib, Sulaymon boylikda ham, donolikda ham yer yuzidagi hamma shohlardan oʻtib ketdi. 23Sulaymonga Xudo bergan donolikni eshitmoq uchun yer yuzidagi hamma shohlar uning oldiga kelgani oshiqardi. 24Kelganlarning har biri kumush va oltin idishlar, kiyim, qurol–aslaha, xushboʻy ziravorlar, ot va xachirlar hadya qilib olib kelar edi. Bunday hol yillab davom etardi.
25Sulaymonning otlari va jang aravalari uchun 4000 ta otxonasi, bulardan tashqari, 12.000 ta uchqur oti#9:25 uchqur ot — bu oʻrindagi ibroniycha soʻz otliq maʼnosini ham ifodalashi mumkin. ham bor edi. Sulaymon otlarning bir qismini aravalar saqlanadigan shaharlarga, ikkinchi qismini oʻz yoniga — Quddusga joylashtirgan edi. 26U Furot daryosidan to Filistlar yeriga qadar va Misr chegaralariga qadar boʻlgan hamma shohlar ustidan hukmronlik qilardi. 27Uning hukmronligi davrida Quddusda kumush koʻchadagi toshday koʻp edi. Sadr yogʻochlari ham xuddi Yahudo qir etaklarida oʻsadigan oddiy shikamora–anjir daraxtiday#9:27 shikamora–anjir daraxti — 1:15 izohiga qarang. serob edi. 28Shohning savdogarlari Sulaymon uchun Misrdan#9:28 Misr — yoki Muzur (1:16 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). va boshqa barcha yurtlardan otlar olib kelishardi.
Sulaymonning oʻlimi
29Sulaymonning boshqa ishlari boshdan oxirigacha Natan paygʻambarning tarix kitobida, Shiloʻlik Oxiyoning bashoratlarida va valiy Yiddoning vahiylarida bayon etilgan. Valiy Yiddoning vahiylarida Nabat oʻgʻli Yeribom hukmronligi toʻgʻrisida ham yozilgan. 30Sulaymon Quddusda butun Isroil ustidan hukmdor edi. Uning hukmronligi qirq yil davom etdi. 31Sulaymon olamdan oʻtdi. U otasi Dovud qalʼasida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Raxabom shoh boʻldi.
Currently Selected:
2 Solnomalar 9: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020