YouVersion Logo
Search Icon

1 Shohlar 29

29
29–BOB
Filistlar Dovudga ishonmaydi
1Filistlar hamma sipohlarini Ofoqqa#29:1 Ofoq — Isroilning shimoli–sharqiy chegarasiga tutash boʻlgan, Filistlar nazorat qilib turgan yerlarga qarashli shahar. yigʻdi. Isroil lashkari esa Yizrildagi buloq yonida qarorgoh qurib, joylashib olgan edilar. 2Filist beklari yuz va ming kishilik guruhlardan iborat boʻlgan qoʻshin bilan borishardi. Dovud va uning odamlari esa shoh Oxish bilan birga orqada kelayotgan edilar. 3Filist lashkarboshilari:
— Anavi ibroniylar bu yerda nima qilib yuribdi? — deb soʻragan edilar, Oxish shunday javob berdi:
— Bu odam Isroil shohi Shoulning xizmatkori Dovud boʻladi. Necha oy–yillardan beri yonimda yuribdi. Men tomonga oʻtgandan buyon undan biror yomonlik koʻrmadim.
4Lekin Filist lashkarboshilari Oxishga:
— Bu odamni orqasiga qaytarib yuboring! — deyishdi jahl bilan. — Siz unga ajratib bergan joyga boraversin. Biz bilan urushga borishiga yoʻl qoʻymang! Jang vaqtida bizga qarshi chiqishi mumkin. U oldingi xoʻjayiniga oʻzini qanday qilib yaxshi koʻrsatishini bilasizmi? Odamlarimizning boshini unga tutib berishdan boshqa yaxshi yoʻl topa olarmidi?! 5Haligi: “Shoul minglarchasini oʻldirdi, Dovud esa oʻn minglarchasini”, deb kuylab oʻynab qoʻshiq aytgan edilar–ku. Bu oʻsha Dovud–da.
6Oxish Dovudni yoniga chaqirib, dedi:
— Xudo haqi, sen yaxshi odamsan. Huzurimga kelganingdan beri biron nomaʼqul ish qilganingni koʻrmadim. Men bilan birga urushga borishingni istardim–u, ammo beklarimiz urushga borishingni maʼqul koʻrishmayapti. 7Mayli, bu safar orqangga qayt, tinchgina ket, tagʻin Filist beklarining koʻzi oldida birorta nomaʼqul ish qilib qoʻymagin.
8— Axir, men nima qildim?! — dedi Dovud. — Huzuringizga kelganimdan beri mendan biror ayb topmadingiz–ku! Endi shoh hazratlarining gʻanimlariga qarshi urushga nima uchun bormasligim kerak ekan?!
9— Bilaman, — dedi Oxish, — sen mening nazarimda Xudoning farishtasiday poksan. Lekin Filist lashkarboshilari, biz bilan urushga bormasin, deyishyapti. 10Endi sen odamlaring bilan ertalab turinglar–da, tong otar–otmas joʻnanglar.
11Shunday qilib, Dovud odamlari bilan erta tongda turib, Filistlar hududiga qarab yoʻl oldi. Filistlar esa Yizrilga#29:11 Yizril — Ofoqdan qariyb 120 kilometr masofada joylashgan shahar. joʻnashdi.

Currently Selected:

1 Shohlar 29: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in