YouVersion Logo
Search Icon

1 Butrus 3

3
3–BOB
Er–xotinlik munosabatlari
1-2Egamiz haqi–hurmati, siz, xotinlar, oʻz erlaringizga boʻysuninglar. Erlaringiz Xushxabarni rad etishsa ham, ularga itoat etinglar. Sizning ibratli xulq–atvoringiz har qanday soʻzdan koʻra, taʼsirliroq boʻladi. Erlaringiz pokiza hayotingizni va Xudodan qoʻrqib yashayotganingizni koʻrib, imonga kelishadi. 3Sizning jozibangiz oʻrilgan sochlar, oltin taqinchoqlar, chiroyli kiyimlar kabi tashqi zeb–ziynatdan iborat boʻlmasin. 4Ammo qalbingizdagi yuvosh va sokin ruh sizlarning soʻlmaydigan ichki goʻzalligingiz boʻlsin. Xudoning nazarida bunday goʻzallikning qadri yuksakdir. 5Oʻtmishda Xudoga umid bogʻlagan muqaddas xotinlar ham oʻzlari shu yoʻsinda bezanib, erlariga boʻysunar edilar. 6Masalan, Sora#3:6 Sora — Ibtido 18:12 ga qarang. ham Ibrohimga itoat etib, uni xoʻjayin deb atar edi. Agar sizlar yaxshilik qilib, har qanday qoʻrquvdan sarosimaga tushmasangiz, Soraning qizlari hisoblanasizlar.
7Ey erlar, sizlar ham, Egamiz haqi–hurmati, xotinlaringizga eʼtiborli boʻlinglar, ular zaif jinsdan ekanligini hisobga olinglar. Ular ham abadiy hayot inoyatidan bahramand boʻlganlari uchun ularni hurmat qilinglar. Aks holda, ibodatlaringiz ijobat boʻlmaydi.
Haqiqat yoʻlida azob chekish haqida
8Xullas, oʻzaro hamfikr, hamdard boʻlinglar, bir–biringizni birodarlarcha yaxshi koʻringlar, mehr–shafqatli va kamtar boʻlinglar. 9Yomonlikka yomonlik, haqoratga haqorat bilan javob qaytarmanglar, aksincha, hammani duo qilinglar. Zero, Xudo sizlarni shunga daʼvat etgan. Bularga rioya qilsangiz, baraka topasizlar. 10Axir, Muqaddas bitiklarda shunday yozilgan:
“Kimki hayotdan zavqlanishni,
Baxtli umr koʻrishni istasa,
U tilini yomon soʻzdan tiysin,
Ogʻzini yolgʻon gapdan asrasin.
11Yomonlikdan qaytib, yaxshilik qilsin.
Tinchlik istab, tinchlik payida boʻlsin.
12Chunki Egamiz solihlarni kuzatib turadi,
Ularning iltijosini Egamiz eshitadi.
Badkirdorlardan esa yuz oʻgiradi#3:12 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar oxirgi misra sifatida qoʻshimcha qilingan: Ularning xotirasini yer yuzidan oʻchiradi..”#3:10-12 Zabur 33:13-17 ga qarang.
13Agar yaxshilik qilishga bel bogʻlasangiz, kim ham sizlarga ozor bera olardi?! 14Hatto toʻgʻri ish uchun azob chekayotgan boʻlsangiz ham, baxtiyorsizlar! Doʻq–poʻpisa qiluvchilardan qoʻrqmanglar, hayajonga tushmanglar. 15Qoʻrquvga tobe boʻlmanglar, balki butun qalbingiz bilan Rabbimiz Iso Masihning#3:15 Iso Masih — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Xudo. hokimiyatiga boʻysuninglar. Masihga boʻlgan umidingiz haqida sizdan soʻragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar. Lekin buni muloyimlik va hurmat bilan bajo qilinglar. 16Vijdoningiz toza boʻlsin, toki Masih yoʻlidagi ibratli hayotingizni yomonlaganlar oʻz gaplaridan uyalib qolsinlar.
17Agar yaxshilik qilib azob chekishingizni Xudo lozim koʻrsa, har holda yomonlik qilib azob chekishdan bu afzalroqdir.
Masih yovuzlik ustidan gʻalaba qozondi
18Masih bizni gunohlarimizdan to abad forigʻ qilish uchun azob chekkanini yodingizda tutinglar. U solih boʻla turib, biz, gunohkorlarni Xudoga yaqinlashtirish uchun jonini fido qildi. Uni jisman oʻldirishdi, ammo U yangi, ulugʻvor hayot uchun tirildi#3:18 …U yangi, ulugʻvor hayot uchun tirildi — yunoncha matnda …U ruhda tirilgan. Bu oʻrinda ruhda soʻzi insonning tirilgan tanadagi yangi holatiga ishora qiladi.. 19Soʻng zindonga qamalgan yovuz ruhlar#3:19 zindonga qamalgan yovuz ruhlar — qilmishlari uchun jazolangan ilohiy zotlarga ishora boʻlishi mumkin, bu zotlar haqida Ibtido 6:1-4 da yozilgan (shu bobning 20–oyatiga qarang). Yana 2 Butrus 2:4, Yahudo 6-7–oyatlarga qarang. oldiga borib, ular ustidan gʻalaba qilganini eʼlon etdi. 20Qadim zamonda bu ruhlar Xudoga itoatsizlik qilib, insoniyatni yoʻldan ozdirgandi. Ammo Xudo sabr qildi. Nuh#3:20 Nuh — Ibtido 6:5-7:23 ga qarang. oʻz kemasini qurib boʻlguncha Xudo insoniyatni hukm qilmay, kutib turdi. Oʻsha kemaga faqat sakkiztagina odam kirib, toʻfon suvlaridan omon qolgandi. 21Nuh va uning oilasi bilan roʻy bergan bu hodisa biz uchun timsol hisoblanadi. Bu timsol bizning imonga kelishimizni va suvga choʻmdirilishimizni bildiradi. Choʻmdirilish marosimi badanni kirdan tozalash emas, balki Xudoga: “Senga sodiq qolaman”, deb chin yurakdan vaʼda berish demakdir. Darhaqiqat, sizlar suvga choʻmdirilganingizda, Iso Masihning tirilishi tufayli najot topdingizlar. 22Masih osmonga koʻtarilib, Xudoning oʻng tomonida oʻtiribdi#3:22 …Xudoning oʻng tomonida oʻtiribdi — Zabur 109:1 ga qarang. Oʻng tomon muruvvat va baraka oʻrni deb hisoblangan.. Koinotdagi har bir farishta, har qanday kuchlaru hukmronlar Masihga tobedir.

Currently Selected:

1 Butrus 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in