Xullas, oʻzaro hamfikr, hamdard boʻlinglar, bir–biringizni birodarlarcha yaxshi koʻringlar, mehr–shafqatli va kamtar boʻlinglar. Yomonlikka yomonlik, haqoratga haqorat bilan javob qaytarmanglar, aksincha, hammani duo qilinglar. Zero, Xudo sizlarni shunga daʼvat etgan. Bularga rioya qilsangiz, baraka topasizlar.