YouVersion Logo
Search Icon

3 Shohlar 7

7
7–BOB
Sulaymonning saroyi
1Sulaymon oʻziga ham saroy qurdi. U oʻz saroyini oʻn uch yilda qurib bitkazdi.
2U dastlab saroydagi “Lubnon oʻrmoni” degan uyni#7:2 “Lubnon oʻrmoni” degan uy — saroydagi tantanalar oʻtkaziladigan katta zal. Zal Lubnon togʻlaridagi oʻrmondan keltirilgan sadr taxtalari bilan qoplangani uchun shunday deb nomlangan boʻlishi mumkin. qurdi. Uyning uzunligi 100 tirsak#7:2 tirsak — bir tirsak taxminan 45 santimetrga toʻgʻri keladi., kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak boʻlib, sadr yogʻochidan toʻrt qator ustun oʻrnatilgan, ustunlar tepasiga sadr yogʻochidan qilingan toʻsinlar tashlangan edi. 3Uyning tomi sadr yogʻochi bilan qoplangan edi. Toʻsinlar qirq beshta boʻlib, har qatorda oʻn beshtadan edi. 4Yon devorlardagi derazalar uch qator boʻlib, bir–biriga roʻparama–roʻpara edi. 5Hamma eshiklar va eshiklar kesakisi#7:5 kesaki — eshik oʻrnatilgan chorchoʻp. toʻrt burchakli qilib yasalgan, yon devorlarda uchtadan eshik boʻlib, bir–biriga roʻparama–roʻpara edi.
6Sulaymon saroyning “Ustunli koshona”sini ham qurdi. Koshonaning boʻyi 50 tirsak, eni 30 tirsak edi. Koshonaning old tomonida ayvon qurdirib, ustun bilan tiradi. Ayvonning tomi yopilgan edi. 7Yana saroyning taxt turadigan koshonasini qurdirib, tepasidan pastiga qadar sadr yogʻochi bilan qoplatdi. Sulaymon bu koshonada oʻtirib, hukm chiqarardi.
8Bu koshonaning orqa tomonidagi hovlida Sulaymon yashaydigan uy bor edi. Bu uy ham ayni shu tarzda qurilgan edi. Sulaymon xotini — firʼavnning qizi uchun ham xuddi shu koshona kabi bir uy qurib berdi.
9Binolar poydevoridan tomigacha marmar toshlardan qilingan edi. Marmar toshlarning old va orqa tomoni arralab taroshlangan, belgilangan oʻlchovga koʻra tayyorlangan edi. Hovlining devorlari ham shu tarzda qurilgan edi. 10Poydevorning marmar toshlari yirik, 8 tirsakli, 10 tirsakli edi. 11Devori ham marmar toshlardan qurilgan edi. Toshlar belgilangan oʻlchovga koʻra, tayyorlanib, taroshlangan edi. Devor qurilishida sadr yogʻochidan ham foydalanildi. 12Katta hovlining chor atrofi devor bilan oʻralgan boʻlib, uch qator taroshlangan tosh va bir qator sadr yogʻochidan qilingan edi. Egamiz uyining ichki hovlisi bilan ayvonining devorlari ham shunday qilingan edi.
Usta Xurom
13Shoh Sulaymon Tir shahridan Xurom degan bir odamni chaqirtirib keldi. 14U Naftali qabilasidan bir beva ayolning oʻgʻli edi. Otasi Tir shahridan boʻlib, misgar oʻtgan edi. Xurom bor isteʼdodi, mahorati va aqlini ishga solib, bronzadan turli buyumlar yasashni oʻrganib olgan edi. U Sulaymon huzuriga kelgach, hamma ishlarni bajarib berdi.
Bronzadan yasalgan ikkita ustun
15Xurom bronzadan ikkita ustun yasadi, har bir ustunning balandligi 18 tirsak, tevaragi 12 tirsak chiqardi. 16Bronzani eritib yana ikkita ustunqosh yasadi, bu ustunqoshlar ustunlarning tepasiga qoʻyish uchun kerak edi. Ustunqoshlarning balandligi 5 tirsak edi. 17Ustunqoshlarning har biri yettita toʻrsimon bezaklaru toʻqilgan zanjirlar bilan bezatilgan edi. 18Ustunqoshlarni qoplash uchun har bir toʻrsimon naqsh atrofidan aylanasiga ikki qator qilib anor#7:18 anor — qadimgi paytlarda hayot ramzi edi. tasviri solingan edi.
19Har bir ustunning ikkinchi ustunqoshi ham bor edi. Ularning balandligi 4 tirsak boʻlib, lolagul shaklida edi. 20Ustunqoshning boʻrtiq joylariga toʻrsimon bezaklar solingan boʻlib, bezaklarning tepasi va pastiga aylantirib, 200 ta anor tasviri solingan edi. 21Xurom ustunlarni uyning ayvoniga oʻrnatdi: janub tomoniga oʻrnatilgan ustunga Yoxin#7:21 Yoxin — bu nom ibroniychadagi U (yaʼni Xudo) asos solgan iborasiga ohangdosh. deb, shimol tomoniga oʻrnatilgan ustunga Boʻaz#7:21 Boʻaz — bu nom ibroniychadagi Uning (yaʼni Xudoning) kuchi vositasida iborasiga ohangdosh. deb nom berdi. 22Ustunlarning tepasi lolagul shaklida edi. Shunday qilib, ustunlar tayyor boʻldi.
Bronzadan yasalgan hovuz
23Keyin Xurom bronzani eritib dumaloq shaklda hovuz yasadi. Hovuzning bir qirgʻogʻidan narigi qirgʻogʻigacha 10 tirsak, balandligi esa 5 tirsak edi. Aylanasi 30 tirsak edi. 24Hovuzning tashqi tomonida, qirgʻogʻi ostida aylanasiga ikki qator qovoqsimon boʻrtiq bor edi. Har bir tirsak masofada oʻntadan shunday shakl qilingan edi. Bronza eritilib, hovuz yasalayotgan paytda, bu qovoqsimon boʻrtiqlar ham qilingan edi. 25Hovuz bronzadan yasalgan oʻn ikkita buqa ustiga oʻrnashtirilgan edi. Buqalarning uchtasi shimolga, uchtasi gʻarbga, uchtasi janubga va uchtasi sharqqa qaratilgan edi. Buqalarning orqa tomoni hovuzning ichkarisiga qaratilgan edi. 26Hovuzning qalinligi toʻrt enli boʻlib, chetlari kosaning chetlariga oʻxshar, shakli lolagulga oʻxshardi. Unga 4000 koʻza#7:26 4000 koʻza — ibroniycha matnda 2000 bat, taxminan 44.000 litrga toʻgʻri keladi. suv sigʻardi.
Bronzadan yasalgan aravalar
27Soʻng Xurom bronzadan oʻnta arava yasadi. Har bir aravaning uzunligi ham, kengligi ham 4 tirsak, balandligi esa 3 tirsak edi. 28Aravalarning tuzilishi quyidagicha edi: aravalarning toʻrtala tomonida bronzadan yasalgan toʻsiqlar boʻlib, 29bu toʻsiqlarga arslon, buqa va karublarning surati solingan edi. Har bir toʻsiqning toʻrt tomoniga boʻrtiq shaklda gulchambarlar ishlangan edi. 30Har bir aravaning toʻrtta bronza gʻildiragi va oʻqlari bor edi. Aravaning har toʻrtala burchagida ham togʻorani ushlab turadigan tirgovuchlar bor edi. Har bir quyma tirgovuchning yonboshida gulchambarlar yasalgan edi. 31Aravaning tepasida dumaloq shaklda chambarak boʻlib, aravadan bir tirsak yuqori chiqib turardi. Chambarak koʻndalangiga bir yarim tirsak edi. Chambarak ogʻzi ham aylanasiga suratlar bilan bezatilgan edi. Aravalarning toʻsiqlari esa toʻrtburchak shaklda edi. 32Aravalarning toʻrtala gʻildiragi yon toʻsiqlarning ostida edi. Gʻildiraklarning oʻqlari aravaga mahkamlangan, har bir gʻildirakning balandligi bir yarim tirsak edi. 33Gʻildiraklarning tuzilishi jang aravasi gʻildiragining tuzilishiga oʻxshardi: gʻildiraklarning oʻqlari, toʻgʻini, kegaylari, gupchaklari quyma edi. 34Har bir aravaning toʻrt burchagida toʻrtta kashak#7:34 kashak — imorat va boshqa qurilish ishlarida tik yoki yotqizib qoʻyilgan yogʻochni qimirlamaydigan qilib mustahkamlash uchun qoqib qoʻyiladigan yogʻoch, tirgovuch. bor edi. Kashaklar aravaga mahkamlangan edi. 35Aravaning yuqorisidan yarim tirsak balandlikda dumaloq halqa bor edi. Aravaning yuqorisidan tirgovuch va yon toʻsiqlari birga qoʻyilgan edi. 36Shunday qilib, Xurom har bir tirgovuchning va yon toʻsiqlarning yuzasiga karublar, arslonlar, palma daraxtlari va gulchambarlar suratini oʻydi. 37U oʻnta aravaning hammasini bir xil shakl va hajmda yasadi.
38Xurom oʻnta aravaning ustiga qoʻyish uchun bronzadan oʻnta togʻora yasadi. Har bir togʻoraga 80 koʻza#7:38 80 koʻza — ibroniycha matnda 40 bat, taxminan 880 litrga toʻgʻri keladi. suv sigʻar edi. Har bir togʻora koʻndalangiga 4 tirsak chiqardi. Har bir aravaga bittadan togʻora edi. 39Xurom aravaning beshtasini Egamiz uyining janub tomoniga, beshtasini shimol tomoniga qoʻydi. Hovuz shaklini esa uyning janubi–sharq tomoniga oʻrnashtirdi. 40U qozonlar, kurakchalar va togʻorachalar ham yasadi.
Egamiz uyi bezaklarining roʻyxati
Shunday qilib, Xurom shoh Sulaymon uchun Egamizning uyiga oid quyidagi ashyolarni yasab berdi:
41ikkita ustun,
ustunlarning tepasidagi ikkita doira shaklidagi ustunqosh,
ustunqoshni oʻrab turgan ikkita toʻrsimon bezak,
42ikkala bezakning yonlarida toʻrt yuzta anor tasviri, yaʼni ustunlar tepasida doira shaklidagi ikkita ustunqoshni qoplab turish uchun har bir toʻrsimon bezakning ikkala chekkasidagi anor suratlari,
43oʻnta arava, aravaning ustidagi oʻnta togʻora,
44bitta hovuz, hovuz ostidagi oʻn ikki buqa shakli,
45qozonlar, kuraklar, togʻorachalar.
Xurom shoh Sulaymon uchun Egamizning uyiga oid ana shu ashyolarni sayqallangan bronzadan yasab berdi. 46Shoh bu narsalarni Iordan vodiysi atroflarida — Suxot va Zoraton orasida loydan yasalgan qoliplarda quydirdi. 47Buyumlar gʻoyat koʻpligidan Sulaymon bronzani oʻlchamasdan ishlataverdi. Shuning uchun ishlatilgan bronzaning hisobi aniqlanmadi.
48Sulaymon Egamizning uyi uchun quyidagi hamma buyumlarni ham yasattirdi:
oltindan yasalgan tutatqi qurbongohi,
ustida muqaddas nonlar#7:48 muqaddas nonlar — bu nonlar Maʼbadda Egamizning huzurini aks ettiruvchi timsol boʻlib, Xudo Isroil xalqining qudrati va taʼminlovchisi ekanligidan darak berib turgan. Nonlar Maʼbaddagi maxsus xontaxtaga qoʻyilib, har Shabbat kuni yangi pishirilgan nonlar bilan almashtirib turilgan (Levilar 24:5-9 ga qarang). turadigan oltin xontaxta,
49oʻnta toza oltindan ishlangan chiroqpoyalar (bu chiroqpoyalar Eng muqaddas xonaning oldida boʻlib, beshtasi janub tomonda, beshtasi shimol tomonda turardi),
yana oltindan gullar, moychiroqlar, qisqichlar,
50toza oltindan togʻoralar, qaychilar, togʻorachalar, kurakchalar va olovkuraklar,
Eng muqaddas xona eshigining oshiq–moshigʻi, asosiy xonaning eshiklari oshiq–moshigʻi.
51Shunday qilib, shoh Sulaymon Egamizning uyiga oid hamma ishlarni bitirdi. Sulaymon otasi Dovud nazr qilgan narsalarni olib kelib, kumush, oltin va turli buyumlarni Egamizning uyi xazinasiga qoʻydi.

Currently Selected:

3 Shohlar 7: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in