YouVersion Logo
Search Icon

3 Shohlar 15

15
15–BOB
Yahudo shohi Abiyo
1Isroil shohi Yeribom hukmronlik qilayotganiga oʻn sakkiz yil boʻlganda, Abiyo Yahudoga shoh boʻldi. 2U Quddusda uch yil shohlik qildi. Onasining ismi Maxo boʻlib, u Absalomning#15:2 Absalom — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Abisalom (shu bobning 10–oyatida ham bor). Uning Absalom degan shakli 2 Solnomalar 11:20 dan olingan. qizi#15:2 Absalomning qizi — Maxo Absalomning nevarasi boʻlgan. 2 Shohlar 14:27 ga koʻra, Absalomning yolgʻiz qizi Tamara edi. 2 Solnomalar 13:2 da Maxo Uriyolning qizi deb berilgan. edi. 3Abiyo ham otasining ilgari qilgan gunohlarini davom ettirdi. Abiyo oʻzining Egasi Xudoga chin dildan bogʻlangan bobosi Dovud singari emas edi. 4Shunga qaramay, Dovudning haqi–hurmati uchun Egasi Xudo Abiyodan keyin Abiyoning oʻgʻlini taxtga oʻtqazdi. Shunday qilib, Quddusni mustahkam qilib, shu shaharda Dovud sulolasining chirogʻini oʻchirmadi. 5Zero, Dovud Egamiz oldida doim toʻgʻri ish qildi. Xet xalqidan boʻlgan Uriyoga#15:5 Uriyo — Dovudning sipohi edi. Shoh Dovud uning xotini Botshevaga uylanish niyatida Uriyoni oʻldirtirgan (2 Shohlar 11:1-27 ga qarang). qilgan nomunosib xatti–harakatini hisobga olmaganda, Dovud umrining oxirigacha Egamizning amridan zinhor boʻyin tovlamadi. 6-7Raxabom bilan Yeribom oʻrtasida boshlangan urush Abiyoning umri oxirigacha davom etdi. Abiyoning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozib qoldirilgan. 8Abiyo olamdan oʻtib, Dovud qalʼasida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Oso shoh boʻldi.
Yahudo shohi Oso
9Yeribom Isroilga hukmronlik qilayotganiga yigirma yil boʻlganda, Oso Yahudo hukmdori boʻldi. 10U Quddusda qirq bir yil shohlik qildi. Buvisining ismi Maxo boʻlib, u Absalomning qizi edi. 11Oso, bobosi Dovud kabi, Egamiz oldida toʻgʻri ishlar qildi. 12Sajdagohlardagi fohishlarni#15:12 fohishlar — 14:24 izohiga qarang. bu yurtdan quvdi. Ota–bobolari yasagan hamma butlarni yoʻq qildi. 13Buvisi#15:13 Buvisi — ibroniycha matnda Onasi, biroq bu soʻz buvisiga yoki boshqa uzoq ona ajdodiga ham ishora qilishi mumkin. Shu bobning 2–oyatiga koʻra, Maxo Osoning buvisi, yaʼni Osoning otasi Abiyoni tuqqan onasi edi. Maxo Asheraning#15:13 Ashera — 14:15 izohiga qarang. makruh tasvirini yasattirgan edi, shuning uchun Oso buvisini malikalik martabasidan#15:13 malikalik martabasi — qadimgi Isroilda yuksak martaba hisoblangan (2:19 ga qarang). mahrum qildi. U buvisi yasattirgan butni qoʻporib tashlab, Qidron soyligida#15:13 Qidron soyligi — Quddus shahridan sharqda joylashgan. Soylik — ikki adir oraligʻidagi pastlik. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SOYLIK soʻziga qarang. yoqib yubordi. 14Oso sajdagohlarni yoʻq qila olmagan boʻlsa–da, umr boʻyi Egamizga sodiq qoldi. 15Otasi va oʻzi Xudoga atab nazr etgan oltinu kumushlarni, idishlarni Egamizning uyiga olib keldi. 16Oso bilan Isroil shohi Basho umrlarining oxirigacha bir–birlari bilan urishib oʻtdilar. 17Isroil shohi Basho Yahudoga hujum qildi. Odamlar Yahudo yurtiga osonlikcha kirib chiqa olmasligi uchun, Basho Rama shahrini#15:17 Rama shahri — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda, Efrayim qirlarida joylashgan. mustahkamladi.
18Oso esa Egamiz uyining xazinasida qolgan hamma oltin va kumushni hamda shoh saroyi xazinalarini oldi. Xazinalarni aʼyonlari orqali Oram shohi Banhadad huzuriga joʻnatdi. Xeziyonning nabirasi Banhadad Tavrimmoʻnning oʻgʻli edi. Oso Damashqda oʻtirgan Banhadadga shu gaplarni yetkazishni buyurdi: 19“Sening otang bilan mening otam oʻrtasida ittifoq boʻlgani kabi, sen bilan mening oʻrtamda ham ittifoq boʻlsin. Senga hadya qilib kumush va oltin berib yuboryapman. Isroil shohi Basho bilan ittifoq tuzgan eding, endi oʻshani bekor qil, toki u yurtimdan joʻnab qolsin.”
20Banhadad shoh Osoning taklifini qabul qildi, lashkarboshilariga: “Isroil shaharlariga hujum qilinglar”, deb ularni oʻsha yoqqa yubordi. Ular Iyxon, Dan, Ovil–Bayt–Maxo shaharlarini, butun Naftali yerlari bilan birga Jalila koʻli#15:20 Jalila koʻli — ibroniycha matnda Keneret, oʻsha vaqtda Jalila koʻli va uning atrofidagi yerlar shu nom bilan ham atalardi. atroflarini bosib oldilar. 21Basho bu voqeani eshitgach, Ramani mustahkamlash fikridan voz kechib, Tirzaga qaytib keldi. 22Shoh Oso Yahudo xalqining bittasini ham qoldirmay chaqirdi. Ularga Rama shahrini mustahkamlashda Basho ishlatgan tosh va yogʻochlarni tashittirdi. Oso oʻsha tosh va yogʻochlar bilan Benyamin yerlaridagi Gebo hamda Mispax shaharlarini mustahkamladi.
23Osoning boshqa ishlari, qahramonliklari, butun faoliyati, mustahkam qilgan shaharlari haqida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozib qoldirilgan. U ham keksayib, oyoqlari ogʻriydigan boʻlib qoldi. 24Nihoyat, Oso olamdan oʻtib, bobosi Dovudning qalʼasida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Yohushafat shoh boʻldi.
Isroil shohi Nadov
25Oso Yahudoda shohlik qilayotganiga ikki yil boʻlganda, Nadov Isroil shohi boʻldi va ikki yil hukmronlik qildi. Nadov Yeribomning oʻgʻli edi. 26U ham Egamiz oldida qabihliklar qildi. Isroilni gunohga botirgan otasidan namuna oldi.
27Issaxor xonadonidan Oxiyo oʻgʻli Basho Nadovga qarshi suiqasd uyushtirib, Filistlarning Gibiton shahrida uni oʻldirdi. Oʻshanda Nadov va butun Isroil lashkari Gibiton shahrini qamal qilib turgan edi. 28Oso Yahudoda uchinchi yili shohlik qilayotganda, Basho Nadovni oʻldirdi. Basho Nadovning oʻrniga shoh boʻldi. 29U shoh boʻlgandan keyin Yeribomning butun oilasini bitta qoʻymay qirib tashladi. Shunday qilib, Egamizning Oʻz quli, Shiloʻlik Oxiyo#15:29 Oxiyo — u shu bobning 27–oyatidagi Oxiyodan boshqa odam. orqali aytgan soʻzlari#15:29 …Egamizning Oʻz quli, Shiloʻlik Oxiyo orqali aytgan soʻzlari… — 14:7-11 ga qarang. bajo boʻldi. 30Yeribomning oʻzi ham gunoh qilib, Isroil xalqini ham gunohga botirib, Isroil xalqining Xudosi — Egamizni gʻazablantirgani uchun shu voqealar yuz bergandi.
31Nadovning boshqa ishlari, butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozib qoldirilgan. 32Oso bilan Isroil shohi Basho umrlarining oxirigacha bir–biri bilan urishib oʻtdilar.
Isroil shohi Basho
33Yahudo shohi Oso hukmronlik qilayotganiga uch yil boʻlganda, Basho Tirzada butun Isroil xalqi ustidan hukmdor boʻldi va yigirma toʻrt yil shohlik qildi. 34U ham Yeribomning yoʻlidan ketib, Egamiz oldida qabihliklar qilib, Isroilni gunohga botirdi.

Currently Selected:

3 Shohlar 15: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in