3 Shohlar 14
14
14–BOB
Yeribomning oʻgʻli vafot etadi
1Oʻsha paytda shoh Yeribomning oʻgʻli Abiyo kasal boʻlib qoldi. 2Yeribom xotiniga:
— Qani, tur, kiyimlaringni oʻzgartir, toki mening xotinim ekanligingni hech kim bilib qolmasin, — dedi. — Shiloʻga joʻna. Oxiyo paygʻambar oʻsha yerda. Isroil xalqining shohi boʻlishim haqida u bashorat qilgan edi#14:2 …Isroil xalqining shohi boʻlishim haqida u bashorat qilgan edi — 11:29-39 ga qarang.. 3Oʻnta non, bir nechta kulcha, bir xumcha asal olib, Oxiyo paygʻambarning huzuriga bor. Oʻgʻlimizga nima boʻlishini u senga aytadi.
4Xotini Yeribom aytganiday qildi, oʻrnidan turib, Shiloʻga yoʻl oldi. Oxiyoning uyiga yetib ham keldi. Oxiyo qartayganidan koʻzlari koʻrmaydigan boʻlib qolgan edi. 5Egamiz Oxiyoga dedi:
— Ana, Yeribomning xotini kelyapti, qara, qiyofasini oʻzgartirib olgan, oʻgʻli kasal, unga nima boʻladi — shuni sendan soʻramoqchi. Unga shunday–shunday deb ayt.
6Yeribomning xotini eshikni ochib, ostona hatlashi bilanoq, Oxiyo uning qadam tovushlarini eshitdi. Shu zahoti Oxiyo ayolga dedi:
— Kel, Yeribomning xotini, ichkariga kir. Meni birov tanib qolmasin, deb boshqacha kiyinib olibsanmi?! Ammo senga sovuq xabarlarim bor. 7Izingga qaytib bor, Yeribomga shu gaplarni yetkaz: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: seni xalqing orasidan yuksaltirib, xalqim Isroil ustidan hukmdor qildim. 8Shohlikni Dovud xonadonidan tortib olib, senga berdim. Biroq sen qulim Dovudga oʻxshagan boʻlmading. U mening amrlarimga rioya qilib, butun qalbi bilan Menga ergashar, oldimda toʻgʻri ishlarnigina qilardi. 9Sen oʻzingdan oldin oʻtganlarning hammasidan ham koʻp yomon ishlar qilding. Oʻzing uchun boshqa xudolarning tasvirlarini yasab, Meni gʻazablantirding. Mendan yuz oʻgirding. 10Ana shu qilmishlaring evaziga xonadoningga baloyu ofat keltiraman. Xoh qul boʻlsin, xoh ozod boʻlsin, Isroildagi har bir erkak urugʻingni qirib yuboraman. Xonadoningni, xuddi supurindini bitta qoldirmay uloqtirganday, ildizidan quritib tashlayman. 11Shaharda oʻlgan oilang aʼzosi koʻppaklarga yem boʻlar, qirda oʻlgani koʻkdagi qushlarga yem boʻlar. Zotan, bu soʻzlarni Egamiz aytgan.” 12Endi oʻrningdan tur, uyingga joʻna. Shaharga qadam qoʻyishing bilanoq, bolang nobud boʻladi. 13Butun Isroil xalqi bolangni dafn qiladi, unga aza tutadi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz Yeribom xonadonidan faqat shu bolanigina xush koʻrdi. Yeribom xonadonidan qabrga koʻmiladigan faqat shu boladir. 14Shundan keyin Egamiz Oʻzi uchun Isroil ustiga bir shoh qoʻyadi. U shoh Yeribom xonadonini oʻsha kuni — oʻsha zahotiyoq qirib bitiradi. 15Egamiz Isroil xalqini shunday uradiki, Isroil suv ichida oʻsgan qamishga oʻxshab titraydi. Egamiz Isroil xalqini ota–bobosiga bergan bu hosildor yurtdan yulib olib, Furot daryosining narigi tomoniga sochib yuboradi. Chunki bu xalq Asheraga#14:15 Ashera — Kanʼondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi boʻlib, ayol qiyofasida tasavvur qilingan. Uning erkak jufti Baal edi. Asheraning tasvirlari baland ustun shaklida boʻlib, yogʻochdan yasalgan edi. atab ustunlar yasab, Egamizni gʻazablantirdi. 16Yeribom gunoh qildi, Isroil xalqini ham gunohga botirdi, shuning uchun Egamiz Isroilni tark etadi.
17Yeribomning xotini oʻrnidan turib, uyiga joʻnadi. U Tirzaga#14:17 Tirza — Shakamdan qariyb 10 kilometr shimoli–sharqda joylashgan (12:1 ning birinchi izohiga qarang). Samariya qurilgunga qadar bu shahar Isroilning, yaʼni shimoliy shohlikning poytaxti edi (16:24 ga qarang). yetib kelib, uyining ostonasidan hatlashi bilanoq, bolasi jon berdi. 18Egamizning Oʻz quli Oxiyo paygʻambar orqali aytgan soʻzlari bajo boʻldi, butun Isroil xalqi bolani dafn qilib, unga aza tutdi.
Yeribomning oʻlimi
19Yeribomning boshqa ishlari — qanday jang qilgani, qay tarzda hukmronlik qilgani — hammasi “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 20Yeribom yigirma ikki yil shoh boʻldi. U ham olamdan oʻtdi. Oʻrniga oʻgʻli Nadov shoh boʻldi.
Yahudo shohi Raxabom
21Sulaymonning oʻgʻli Raxabom esa Yahudoda hukmronlik qildi. U taxtga oʻtirgan paytda qirq bir yoshda edi. Onasi Ommonlik boʻlib, ismi Namax edi. Raxabom Quddusda oʻn yetti yil shohlik qildi. Egamiz hamma Isroil qabilalarining shaharlari orasidan Quddus shahrini Oʻzi ulugʻlanishi uchun tanlab olgan edi.
22Yahudo xalqi ham Egamiz oldida qabihliklar qildi. Gunoh ishlari bilan Xudoning rashkini qoʻzgʻatib, Uni ota–bobolaridan ham qattiqroq gʻazablantirdi. 23Har bir tepalik joyda, har bir yashil daraxt ostida oʻzlariga sajdagohlar#14:23 sajdagohlar — 3:2 izohiga qarang., butsimon toshlar, Asheraning ustunlarini yasadilar. 24Bu yurtdagi sajdagohlarda fohishlar#14:24 fohishlar — oʻsha paytlarda Kanʼondagi butparast xalqlar oʻz sajdagohlarida diniy vazifalardan birini fahsh orqali bajarardilar. Butparast xalqlarning udumlariga koʻra, odamlar fohishalar va fohishlar bilan jinsiy aloqa qilish orqali oʻz xudolariga topinardilar, xudolaridan farovonlik ato qilishni soʻrardilar. Lekin Egamiz Isroil xalqiga bu yoʻl bilan sajda qilishni qatʼiyan man etgan (Qonunlar 23:17-18 ga qarang). ham bor edi. Yahudo xalqi shunchalik koʻp qabih ishlar qildiki, ularning qilmishlari Kanʼon yurtidan Egamiz quvib yuborgan hamma xalqlarning jirkanch ishlariga barobar edi.
25Raxabom hukmronligining beshinchi yilida#14:25 Raxabom hukmronligining beshinchi yili — taxminan miloddan oldingi 926 yil. Misr shohi Shishax Quddusga bostirib keldi. 26U Egamizning uyidagi va saroydagi xazinalarni tortib oldi, qoʻliga nima ilinsa, hammasini oldi. Sulaymon yasattirgan hamma oltin qalqonlarni ham oldi. 27Shoh Raxabom oltin qalqonlar oʻrniga bronza qalqonlar yasattirdi va ularni shoh saroyi darvozasini qoʻriqlaydigan soqchilar boshliqlari qoʻliga berdi. 28Shoh Egamizning uyiga kirganda, soqchilar qalqonlarni koʻtarib borishar, keyin esa qalqonlarni joyiga eltib qoʻyishardi.
29-30Raxabom bilan Yeribom butun umri davomida urishib keldilar. Raxabomning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 31Nihoyat, Raxabom olamdan oʻtib, Dovud qalʼasida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Onasi Ommonlik boʻlib, ismi Namax edi. Raxabomning oʻrniga oʻgʻli Abiyo#14:31 Abiyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Abuyom (15:1, 7, 8 da ham bor). shoh boʻldi.
Currently Selected:
3 Shohlar 14: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: