YouVersion Logo
Search Icon

3 Shohlar 1

1
1–BOB
Shoh Dovud keksayadi
1Shoh Dovud ancha qarib qoldi#1:1 …ancha qarib qoldi — taxminan 70 yoshlarda edi.. Uni koʻrpa–toʻshaklar bilan oʻrab tashlashsa ham, hech isimas edi. 2Shunda aʼyonlari Dovudga aytishdi:
— Hazrati oliylari uchun yosh, bokira qiz qidirib topsak. Oʻsha qiz shohimiz oldida boʻlsin, parvarish qilsin, shohimizning quchogʻida yotsin. Ana shunda shoh hazratlari isiydilar.
3Shunday qilib, butun Isroil hududi boʻylab chiroyli, boʻyi yetgan qizni qidirdilar. Nihoyat, Shunamlik#1:3 Shunam — Jalila koʻlining janubiy qirgʻogʻidan qariyb 26 kilometr janubi–sharqda joylashgan shahar. Obisha ismli qizni topib, shoh huzuriga olib kelishdi. 4Qiz gʻoyatda goʻzal edi. U shohni parvarish qilib, uning xizmatida boʻldi. Lekin shoh qizga yaqinlashmadi.
Odoniyo taxtga daʼvogar boʻladi
5Absalom vafot etgandan keyin, Xaggitning Dovuddan koʻrgan oʻgʻli Odoniyo “Men shoh boʻlaman”#1:5 “Men shoh boʻlaman” — Absalomning oʻlimidan keyin Dovudning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib qolgan Odoniyo taxtga daʼvogar edi. Oʻsha davr odatiga koʻra toʻngʻich oʻgʻillar taxt vorisi boʻlishardi., deb oʻzini juda katta tutadigan boʻlib qoldi. U oʻziga jang aravalari, chavandozlar va ellikta qoʻriqchi oldi. 6Otasi esa “Nima uchun sen bunday qilyapsan?” deb hech qachon uni tergamadi. Odoniyo Absalomdan keyingisi boʻlib, juda chiroyli yigit edi. 7U Zeruya oʻgʻli Yoʻab va ruhoniy Abuatarga maslahat soldi. Ikkovi ham Odoniyo tarafiga oʻtdilar. 8Lekin ruhoniy Zodoʻx, Yohayido oʻgʻli Binayo, Natan paygʻambar, Shimax, Rey va Dovudning qoʻriqchilari Odoniyo tomonga oʻtmadilar. 9Odoniyo En–Roʻgʻol bulogʻi#1:9 En–Roʻgʻol bulogʻi — Quddusdan janubi–sharqda, Qidron soyligida joylashgan. boʻyidagi Zoʻxalat toshi yonida qoʻy, buqa va boqilgan buzoqlarni qurbonlik qilib, hamma aka–ukalarini — shoh oʻgʻillarini, shohga qarashli barcha Yahudo aʼyonlarini taklif qildi#1:9 …qurbonlik qilib…taklif qildi — Odoniyo taxtga daʼvogarligini bayram qilib nishonlagan.. 10Natan paygʻambarni, Binayoni, shohning qoʻriqchilarini, ukasi Sulaymonni esa taklif qilmadi.
Sulaymon taxtga oʻtiradi
11Shundan soʻng Natan Sulaymonning onasi Botshevaga dedi:
— Xaggitning oʻgʻli Odoniyo oʻzini oʻzi shoh qilganini, Dovud hazratlari esa bu ahvoldan bexabar ekanini eshitmadingmi? 12Endi men senga shunday maslahat beraman: sen oʻzingning va oʻgʻling Sulaymonning hayotini qutqar. 13Shoh Dovud saroyiga borib, uning huzuriga kirgin. Shohga shunday deb ayt: “Shoh hazratlari bu choʻrisiga, oʻgʻling Sulaymon shoh boʻladi, mendan keyin taxtga u oʻtiradi, deb vaʼda bermaganmidilar?! Nimaga endi Odoniyo shoh boʻlib qoldi?” 14Sen u yerda shoh bilan suhbatni davom ettirayotganingda, men orqangdan kirib, sening gapingni qoʻllab–quvvatlayman.
15Botsheva borib, shoh Dovudning xonasiga kirdi: shoh juda munkillab qolgan, Shunamlik Obisha esa uning xizmatini qilayotgan edi. 16Botsheva shohga egilib taʼzim qildi.
— Tila tilagingni, — dedi shoh. 17Botsheva unga dedi:
— Shoh hazratlari! Bu choʻringizga oʻz Egangiz Xudo nomi bilan ont ichib “Mendan keyin oʻgʻling Sulaymon shoh boʻladi, mendan keyin taxtga u oʻtiradi”, deb vaʼda bergan edingiz–ku. 18Endi esa Odoniyo shoh boʻlib qolibdi. Shoh hazratlari esa bu haqda hech narsa bilmaydilar. 19U bir talay buqa, boqilgan buzoq va qoʻylar soʻyib, shohimizning hamma oʻgʻillarini, ruhoniy Abuatarni, lashkarboshi Yoʻabni taklif qilibdi. Qulingiz Sulaymonni esa taklif qilmabdi. 20Shoh hazratlari! Jamiki Isroil xalqining koʻzlari sizga qadalgan, oʻzingizdan keyin taxtga kim oʻtirishini siz eʼlon qilishingizni kutishyapti. 21Aks holda, shoh hazratlari olamdan oʻtib, ota–bobolari yoniga ketganlarida, men va oʻgʻlim Sulaymon xiyonatkorday boʻlib qolamiz.
22Botsheva shoh bilan gaplashayotganda, Natan paygʻambar yetib keldi. 23Shunda shohga: “Natan paygʻambar shu yerdalar, sizni koʻrmoqchilar”, deb xabar berishdi. Natan shoh huzuriga kirdi–yu, yer oʻpib unga taʼzim qildi. Botsheva esa chiqib ketdi. 24Keyin Natan shohga dedi:
— Shoh hazratlari! Siz “Mendan keyin Odoniyo shoh boʻladi, mendan keyin taxtga u oʻtiradi”, deb aytgan edingizmi? 25U bugun chiqiboq bir talay buqa, boqilgan buzoq, qoʻylar soʻyib, shohning hamma oʻgʻillarini, qoʻshiningizning lashkarboshilarini va ruhoniy Abuatarni taklif qildi. Hammalari Odoniyoning huzurida yeb–ichib oʻtirishibdi, “Yashasin shoh Odoniyo!” deb baqirishyapti. 26Men, qulingizni, ruhoniy Zodoʻxni, Yohayido oʻgʻli Binayoni va qulingiz Sulaymonni esa taklif qilmadi. 27Bularning hammasi shoh hazratlarining xohishiga koʻra boʻldimi? Shoh hazratlari oʻzlaridan keyin taxtga kim oʻtirishi haqida biz, qullariga nega ayon qilmadilar?
28Shunda Dovud: “Botshevani menga chaqiringlar!” — dedi. Botsheva kirib, shoh qarshisida turdi. Natan chiqib ketdi. 29Shoh ont ichib Botshevaga aytdi:
— Meni har qanday balolardan doimo saqlab kelgan Xudoyim shohid! 30Men Isroil xalqining Xudosi — Egamiz nomi bilan ont ichib, senga “Oʻgʻling Sulaymon shoh boʻladi, mendan keyin taxtga u oʻtiradi”, deb vaʼda bergan edim. Oʻsha ontimni bugun ado etaman.
31Botsheva yer oʻpib, shohga taʼzim qildi:
— Shohimiz Dovud hazratlari dunyo turguncha tursinlar!
32— Ruhoniy Zodoʻxni, Natan paygʻambarni, Yohayido oʻgʻli Binayoni mening huzurimga taklif qilinglar! — dedi shoh Dovud. Ular shoh huzuriga kirib keldilar. 33Shundan soʻng shoh ularga:
— Yoningizga shohingizning qoʻriqchilarini olinglar, — dedi. — Oʻgʻlim Sulaymonni mening xachirimga oʻtqazib, Gixoʻn bulogʻiga#1:33 Gixoʻn bulogʻi — En–Roʻgʻol bulogʻining yaqinida, buloqning shimolida joylashgan (shu bobning 9, 41–oyatlariga qarang). Bu buloq Quddusning asosiy suv manbai edi. olib boringlar. 34U yerda ruhoniy Zodoʻx va Natan paygʻambar Sulaymonning boshiga moy surtib, uni Isroil shohi qilsinlar. Keyin burgʻu chalib, baland ovoz bilan: “Yashasin shoh Sulaymon!” deb aytinglar. 35Soʻng uning orqasidan qaytib kelinglar. U kelgach, mening taxtimga oʻtirsin, mening oʻrnimga shoh boʻlsin. Men uni Isroil va Yahudoning#1:35 Isroil va Yahudo — bu oyatda “Isroil” degan nom shimoliy qabilalardan tashkil topgan xalqqa nisbatan ishlatilgan, “Yahudo” nomi esa janubiy qabilalardan tashkil topgan xalqqa nisbatan ishlatilgan. Dovudning oʻgʻli Sulaymon ham, Dovud singari, barcha qabilalar ustidan hukmronlik qilgan. hukmdori qilib tayinladim.
36Binayo shohga qarata:
— Omin! Shohimiz hazratlarining Xudosi — Egamizning amri ham shunday boʻlsin! — dedi. 37— Egamiz doimo shoh hazratlari bilan boʻlgan edi. Bundan keyin U Sulaymonga yor boʻlsin, Sulaymonning taxtini shohimiz Dovud hazratlari taxtidan ham yuksak qilsin.
38Ruhoniy Zodoʻx, Natan paygʻambar, Yohayido oʻgʻli Binayo, shohning Xaretlik va Palatlik qoʻriqchilari#1:38 Xaretlik va Palatlik qoʻriqchilar — Dovud yollagan bu muhojir sipohlar shohning shaxsiy qoʻriqchilari boʻlib xizmat qilgan. Sulaymonni shoh Dovudning xachiriga oʻtqazib joʻnadilar. Nihoyat, uni Gixoʻn bulogʻiga olib keldilar. 39Ruhoniy Zodoʻx chodirdan#1:39 chodir — Quddusda Ahd sandigʻini vaqtincha qoldirish uchun Dovud oʻrnashtirgan chodir (2 Solnomalar 1:2-6 ga qarang). Bu paytda Quddusdagi Maʼbad hali qurilmagan, Muqaddas chodir Givondagi sajdagohda edi. olib kelgan moy solingan qoʻchqor shoxini#1:39 qoʻchqor shoxi — hayvonning ishlov berilgan shoxlaridan baʼzan idish sifatida foydalanilgan. olib chiqdi va Sulaymonning boshiga moy surtdi. Keyin burgʻu chaldilar. Shunda butun xalq: “Yashasin shoh Sulaymon!” deb qichqirdi. 40Xalq Sulaymonga ergashib, nay chalib, oʻyin–kulgi qilib ketdi. Xalqning qiyqirigʻidan goʻyo yer titrab ketdi.
41Odoniyo va hamma taklif qilinganlar taomni yeb boʻlar–boʻlmas, shovqin–suronni eshitib qoldilar. Yoʻab burgʻu ovozini eshitib: “Nimaga bunchalik shovqin? Shaharni larzaga keltiradi–ya”, — dedi. 42U gapini tugatmagan ham ediki, ruhoniy Abuatarning oʻgʻli Yoʻnatan kirib keldi.
— Kel, — dedi Odoniyo unga, — sen ulugʻ odamsan, yaxshi xabar olib kelyapsan–ov.
43— Yoʻq, shohimiz Dovud hazratlari Sulaymonni shoh qilib koʻtardilar, — deb javob berdi Yoʻnatan. 44— Shoh Dovud u bilan birga ruhoniy Zodoʻxni va Natan paygʻambarni, Binayoni, oʻzining Xaretlik va Palatlik qoʻriqchilarini joʻnatdi. Ular Sulaymonni shohning xachiriga oʻtqazishdi. 45Ruhoniy Zodoʻx va Natan paygʻambar Gixoʻn bulogʻida Sulaymonning boshiga moy surtib, uni shoh qildilar. U yerdan shod–xurram boʻlib qaytib kelishdi. Shuning uchun shahar ola–gʻovur boʻlib qoldi. Sizlar eshitayotgan shovqin–suronning boisi shudir. 46Sulaymon shohlik taxtiga oʻtiribdi. 47Shohning aʼyonlari Dovud hazratlarini tabriklash uchun kelib shunday deyishdi: “Sulaymonning nomini Xudoyingiz sizning nomingizdan ham koʻproq ulugʻlasin, uning taxtini sizning taxtingizdan ham yuksaltirsin.” Shoh esa toʻshagida yotganicha Xudoga sajda qilib, 48shunday dedi: “Isroil xalqining Xudosi — Egamizga hamdu sanolar boʻlsin! U bugun koʻzlarim ochiqligida zurriyotimdan bittasini taxtga oʻtqazdi.”
49Odoniyoning mehmonlari qoʻrquv ichida oʻrinlaridan turib, hammasi har yoqqa tarqalib ketdilar. 50Odoniyo ham Sulaymondan qoʻrqqanidan oʻrnidan turdi–yu, qochib borib, qurbongohning burchagidan mahkam ushlab oldi#1:50 …qurbongohning burchagidan mahkam ushlab oldi — qurbongohning toʻrtala burchagining uchi hayvon shoxi shaklida yasalgan edi. Qurbongoh muqaddas hisoblangani uchun, uning shoxini ushlab turgan odamni oʻldirib boʻlmas edi..
51Sulaymonga shu xabarni olib keldilar: “Odoniyo shoh Sulaymondan qoʻrqyapti, u qurbongohning burchagini mahkam ushlab olib, Sulaymon, bu qulimni oʻldirmayman, deb oldin menga soʻz bersin, deyapti.”
52— Agar u menga sodiq boʻlsa, — dedi Sulaymon, — boshidagi bir tola sochiga ham zarar yetmaydi. Bordi–yu, koʻnglida yomonlik boʻlsa, boshini olaman.
53Shoh Sulaymon odam yuborib, Odoniyoni qurbongohdan oldirib keldi. Odoniyo kelib, shoh Sulaymonga taʼzim qildi. Shundan soʻng Sulaymon: “Bor, uyingga joʻna!” — dedi unga.

Currently Selected:

3 Shohlar 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in