1 Solnomalar 23
23
23–BOB
1Dovud rosa keksayib, umri oxirlab qolgach, oʻgʻli Sulaymonni Isroil ustidan shoh qildi.
Levilar va ularning vazifalari
2Dovud Isroilning hamma yoʻlboshchilarini, ruhoniylarini va levilarni toʻpladi. 3U oʻttiz va undan yuqori yoshdagi levilarni hisobladi. Ularning jami 38.000 erkak chiqdi. 4Shunda Dovud aytdi: “Bulardan 24.000 nafari Egamizning uyidagi ishlar uchun masʼul boʻladi, 6000 nafari amaldorlar va hakamlar boʻlib xizmat qiladi, 54000 nafari darvozabon boʻladi, qolgan 4000 nafari esa men yasattirgan musiqa asboblarini chalib, Egamizni madh qiladi.”
6Dovud levilarni urugʻlariga koʻra, Gershon, Qohot va Marori guruhlariga boʻldi.
Gershon nasli
7Gershonning Lubnax#23:7 Lubnax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Laden (shu bobning 8, 9–oyatlarida ham bor). Uning Lubnax degan shakli 6:17 dan olingan (yana Chiqish 6:17, Sahroda 3:18 ga qarang). va Shimax degan ikki oʻgʻli bor edi.
8Lubnaxning uchta oʻgʻli boʻlib, toʻngʻichi Yoxiyol, oʻrtanchasi Zatom va kenjasi Yoʻel edi.
9Ular Lubnax naslining urugʻboshilari edilar. Shimaxning Shalumoʻt, Xaziyol va Xaron ismli uch oʻgʻli bor edi.
10-11Keyinchalik Shimax yana toʻrt oʻgʻil koʻrdi, ularning tartibi quyidagicha edi: Yaxat, Zizo, Yoush va Bariyo. Yoush bilan Bariyoning oʻgʻillari kam boʻlgani uchun ular bitta xonadon hisoblanardilar.
Qohot nasli
12Qohotning toʻrtta oʻgʻli boʻlib, ularning ismlari Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol edi.
13Imromning oʻgʻillari Horun va Muso edi. Horun Xudoga bagʻishlangan boʻlib, eng muqaddas ashyolar uchun masʼuliyat to abad uning va uning nasli zimmasiga yuklangan edi. Ular Egamizning huzurida qurbonliklar keltirishlari, Unga xizmat qilishlari va to abad Uning nomidan xalqni duo qilishlari kerak edi. 14Xudoning odami Musoga kelsak, uning oʻgʻillari Levi qabilasining bir qismi hisoblanardi.
15Musoning Gershom va Eliazar degan ikki oʻgʻli bor edi.
16Gershomning oʻgʻillari orasida Shavuvol toʻngʻichi edi.
17Eliazarning toʻngʻich farzandi Raxaviyo edi. Eliazarning undan boʻlak oʻgʻillari boʻlmasa–da, Raxaviyoning oʻgʻillari nihoyatda koʻp edi.
18Qohotning ikkinchi oʻgʻli Izxor ham oʻgʻillar koʻrgan edi. Uning toʻngʻich oʻgʻli Shalumit edi.
19Qohotning uchinchi oʻgʻli Xevron toʻrt oʻgʻil koʻrgan edi. Toʻngʻich oʻgʻlining ismi Yoriyo, keyingilariniki Emoriyo, Yaxaziyol va Yoxamom edi.
20Qohotning kenja oʻgʻli Uziyolning ikki oʻgʻli bor edi: toʻngʻichi Mixo va kenjasi Ishshiyo.
Marori nasli
21Marorining Maxli va Mushi degan ikkita oʻgʻli bor edi.
Maxlining Elazar va Kish ismli ikkita oʻgʻli bor edi. 22Elazar oʻgʻil koʻrmay oʻtib ketdi. Undan faqat qizlar tugʻildi. Uning qizlari oʻzlarining amakivachchalari — Kishning oʻgʻillariga turmushga chiqdilar.
23Mushining Maxli, Eder va Yorimoʻt ismli uch oʻgʻli bor edi.
24Xullas, levilarning nomma–nom roʻyxatga kiritilgan avlodlari, ularning urugʻ va xonadonlari shulardan iborat edi. Yigirma va undan yuqori yoshdagi levilar Egamizning uyidagi xizmatga tayinlangan edilar.
25Dovud shunday degan edi: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz Oʻz xalqiga tinchlik ato qildi. Endi U Quddusda abadiy istiqomat qiladi. 26Shunday ekan, bundan buyon levilar Muqaddas chodirni yoki unda ishlatiladigan ashyolarni koʻtarib yurishlari shart emas.” 27Dovudning oxirgi farmoniga koʻra, yigirma va undan yuqori yoshdagi levilar roʻyxatga olingan edilar.
28Levilarning vazifasi Egamizning uyidagi xizmatda Horun nasliga yordam berish edi. Bunga: hovli va yon xonalarga masʼul boʻlish, muqaddas ashyolarni poklash va Egamizning uyidagi har qanday boshqa yumushlarni bajarish vazifalari kirar edi. 29Shuningdek, levilar Egamiz huzuridagi xontaxta ustiga qoʻyiladigan nonlar, don nazri uchun sifatli un, xamirturushsiz chalpaklar, pishirib tayyorlanadigan nazrlar, zaytun moyi aralashtirilgan nazrlar, nazrlarning ogʻirligi, soni va hajmi uchun masʼul edilar. 30Har kuni ertalab va kechqurun ular Maʼbadda Egamizga shukronalar aytib, hamdu sanolar kuylashlari kerak edi. 31Shabbat kunlari, yangi oy va boshqa belgilangan bayramlarda qurbonliklar kuydirilganda ham shukronalar aytib, hamdu sanolar kuylash ularning zimmasida edi. Egamizning huzurida doimo xizmat qilayotgan levilarning soni qoidaga muvofiq boʻlishi shart edi.
32Demak, levilar Uchrashuv chodiri#23:32 Uchrashuv chodiri — Muqaddas chodirning yana bir nomi. va Maʼbad uchun masʼul boʻlib, Egamizning uyida xizmat qilgan oʻz qarindoshlari — Horun nasliga yordam berishlari kerak edi.
Currently Selected:
1 Solnomalar 23: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020