1 Solnomalar 13
13
13–BOB
Ahd sandigʻi Xirat–Yoʻrimdan keltiriladi
1Dovud har bir lashkarboshisi — mingboshi va yuzboshilari bilan maslahatlashdi. 2-3Soʻng butun Isroil jamoasiga dedi: “Shoh Shoul davrida biz Xudoyimizning Ahd sandigʻiga eʼtiborsiz boʻlib keldik#13:2-3 …biz Xudoyimizning Ahd sandigʻiga eʼtiborsiz boʻlib keldik… — yoki …biz Xudoning irodasini bilishga intilmadik….. Kelinglar, Ahd sandigʻini qaytarib olib kelaylik. Butun Isroil boʻylab xabar joʻnatib yurtdagi jamiki qarindosh–urugʻlarimizni shu yerga yigʻaylik, oʻz shaharlarida yashaydigan ruhoniylaru levilar ham oldimizga yigʻilib kelishsin. Agar siz bunga rozi boʻlsangiz va bu Egamiz Xudoning irodasi boʻlsa, shuni qilaylik.” 4Butun jamoaga bu taklif maʼqul tushib, hamma taklifga rozi boʻldi.
5Shunday qilib, Dovud Xudoning Sandigʻini Xirat–Yoʻrimdan#13:5 Xirat–Yoʻrim — Quddusdan 15 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan shahar. Filistlar jangda Ahd sandigʻini oʻlja qilib olgan edilar. Ular Ahd sandigʻini Isroil xalqiga qaytarib yuborgandan keyin, Sandiq Xirat–Yoʻrimga olib kelingandi (1 Shohlar 6:13-7:2 ga qarang). Quddusga olib kelish uchun butun yurtdagi — Misrdagi Shixor daryosidan tortib, to shimoldagi Levo–Xomat shahriga#13:5 Levo–Xomat shahri — yoki Xomat dovoni. qadar boʻlgan joylardagi jamiki Isroil xalqini toʻpladi. 6Ular birgalikda Xudoning Ahd sandigʻini olib kelish uchun Yahudodagi Baalax, yaʼni Xirat–Yoʻrim shahriga yoʻl olishdi. Ahd sandigʻi ikki karub#13:6 ikki karub — Ahd sandigʻining qopqogʻi ustidagi qanotli samoviy mavjudotlar haykallari. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi KARUB, KARUBLAR soʻziga qarang. orasida taxt qurgan Egamizning nomi bilan atalgan edi. 7Xudoning Sandigʻi Abunadavning uyida edi. Sandiq yangi arava ustiga ortilgach, Uzzox bilan Oxyo#13:7 Uzzox bilan Oxyo — Abunadavning oʻgʻillari (2 Shohlar 6:3-4 ga qarang). aravani haydab ketishdi. 8Dovud va jamiki Isroil xalqi Xudoning huzurida berilib oʻyin–kulgi qilayotgan edilar. Ular lira, arfa, childirma, zil va karnaylar chalib, qoʻshiqlar bilan bu voqeani bayram qilayotgan edilar.
9Ular Noxun#13:9 Noxun — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xidon. Uning Noxun degan shakli 2 Shohlar 6:6 dan olingan. degan odamning xirmoniga yetganlarida, hoʻkizlar qoqilib ketdi. Uzzox Sandiqni ushlab qolmoqchi boʻlib qoʻlini uzatdi. 10Lekin Uzzox Ahd sandigʻiga qoʻl uzatgani uchun#13:10 …Uzzox Ahd sandigʻiga qoʻl uzatgani uchun… — Ahd sandigʻi muqaddas boʻlib, Xudo Oʻz xalqi orasida ekanining ramzi edi. Ahd sandigʻiga qoʻl tekkizish qatʼiyan man etilgandi (Sahroda 4:5-6, 15 ga qarang). Dovud Xudoning koʻrsatmalariga rioya qilmay (Chiqish 25:12-15 ga qarang), Ahd sandigʻini aravaga orttirgandi., Egamiz undan gʻazablandi. Uzzoxni urib, jonini oldi. Uzzox oʻsha yerda — Xudoning oldida jon berdi. 11Egamiz Uzzoxni nobud qilgani uchun Dovud qattiq gʻazablandi. Oʻsha kundan buyon shu joy “Paraz–Uzzox”#13:11 “Paraz–Uzzox” — ibroniychadagi maʼnosi Uzzoxning jazosi, yaʼni Xudo Uzzoxni urdi. deb aytiladi.
12Dovud oʻsha kuni Xudodan qoʻrqib: “Qanday qilib Xudoning Sandigʻini oʻzim bilan olib kela olar ekanman?” deb oʻyladi. 13U Sandiqni oʻzi bilan Dovud qalʼasiga olib bormay, uni Gatlik#13:13 Gat — Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy shahridan biri edi. Obidadomning uyiga tashlab ketdi. 14Xudoning Sandigʻi u yerda uch oy turdi. Obidadomning xonadoniga va jamiki mol–mulkiga Egamiz baraka berdi.
Currently Selected:
1 Solnomalar 13: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: