1 Solnomalar 12
12
12–BOB
Dovudning Benyamin qabilasidan ilk izdoshlari
1Birmuncha vaqt oldin#12:1 Birmuncha vaqt oldin — bu bobda bayon qilingan voqealar Dovud Isroil taxtiga oʻtirishidan oldin (11:1-9 ga qarang), Shouldan qochib yurgan davrga taalluqli. Dovud shoh Shouldan qochib, Zixlax shahrida yashab yurgan paytda#12:1 …Dovud shoh Shouldan qochib, Zixlax shahrida yashab yurgan paytda… — 1 Shohlar 27:1-6 ga qarang. baʼzi bahodir jangchilar unga qoʻshilgan edilar. Urushlarda Dovud tomonida jang qilgan bu jangchilar 2Benyamin qabilasidan, Shoulning qarindosh–urugʻlaridan edilar. Ular mohir kamonkashlar boʻlib, ham oʻng, ham chap qoʻli bilan oʻq va toshlarni otar edilar. 3Ularning bosh sardori Givolik Shamoning oʻgʻli Oxazar edi. Oxazarning oʻng qoʻl yordamchisi ukasi Yoʻsh edi. Quyidagilar esa jangchilar edi:
Ozmobitning oʻgʻillari — Yiziyol va Palat,
Baraka va Onotoʻtlik Yohu,
4“Oʻttiz qahramonning” sardori va mohir jangchisi — Givonlik Yishmayo,
Yeremiyo, Yaxaziyol, Yoʻxanon, Gaderalik Yoʻzabad,
5Eluzay, Yarimoʻt, Boliyo, Shamariyo va Xaruflik Shafatiyo,
6Koʻrax naslidan — Elqana, Ishshiyo, Ozariyol, Yoʻazar va Yoshuvam,
7Gadoʻrlik Yeroxamning oʻgʻillari — Yoʻlax va Zabadiyo.
Dovudning Gad qabilasidan izdoshlari
8Gad qabilasidan baʼzilari Dovudga qoʻshilmoqchi boʻlib, adirlardagi pana joylarga bordilar. Ular tajribali bahodir jangchilar boʻlib, qalqon va nayzani ustalik bilan ishlatardilar. Sherday jasur, togʻ kiyiklariday chaqqon edilar.
9Eyzar ularning bosh sardori boʻlib, ikkinchisi — Obodiyo, uchinchisi — Eliyob, 10toʻrtinchisi — Mishmanax, beshinchisi — Yeremiyo, 11oltinchisi — Attay, yettinchisi — Eliyol, 12sakkizinchisi — Yoʻxanon, toʻqqizinchisi — Elzabad, 13oʻninchisi — Yeremiyo, oʻn birinchisi Maxbanay edi.
14Gad qabilasidan boʻlgan bu jangchilar sardorlar boʻlib, orasidagi eng zaifi yuz kishiga, eng kuchlisi esa ming kishiga bas kela olar edi. 15Ular Iordan daryosining toshqin mavsumida — yilning birinchi oyida daryodan kechib oʻtib, sharqiy va gʻarbiy qirgʻoqlardagi vodiylarda yashaydigan xalqni quvib chiqargan edilar.
Dovudning Benyamin va Yahudo qabilasidan izdoshlari
16Bir kuni Benyamin va Yahudo qabilasidan baʼzilar adirlardagi pana joylarga, Dovudning yoniga keldilar. 17Dovud ularni kutib olgani chiqib, ularga dedi: “Agar bu yerga tinchlik bilan, menga yordam bergani kelgan boʻlsangizlar, qatorimizga marhamat qilinglar. Bordi–yu, meni dushmanlarim qoʻliga topshirmoqchi boʻlib kelgan boʻlsangizlar, ota–bobolarimizning Xudosi buni koʻrib jazoingizni bersin. Men sizlarga hech qanday yomonlik qilganim yoʻq.”
18Shunda “Oʻttiz qahramon”ning sardori Emosayni Xudoning Ruhi qamrab oldi va Emosay gapira boshladi:
“Biz siznikimiz, ey Dovud!
Siz tomondamiz, ey Essay oʻgʻli!
Omon boʻling, iloyim omon boʻling!
Sizga yordam berganlar ham omon boʻlsin!
Sizni qoʻllagan Xudoyingizning Oʻzidir.”
Dovud ularni jangchilari qatoriga qoʻshib, lashkarining sardorlari qilib tayinladi.
Dovudning Manashe qabilasidan izdoshlari
19Dovud Filistlarga qoʻshilib, Shoulga qarshi urushga otlanganda#12:19 Dovud Filistlarga qoʻshilib, Shoulga qarshi urushga otlanganda… — 1 Shohlar 29:1-11 ga qarang., Manashe qabilasidan baʼzilari Dovud tomonga oʻtib olgan edilar. Biroq natijada Dovud Filistlar tomonida jang qila olmagan edi, chunki Filist beklari maslahatlashib: “Agar Dovud oʻz xoʻjayini Shoul tomonga oʻtib olsa, boshimiz ketadi”, deb uni orqaga qaytarib yuborgan edilar. 20Dovud Zixlaxga qaytib ketayotganda, uning tomoniga Manashe qabilasidan quyidagilar oʻtib olgan edilar: Adnax, Yoʻzabad, Yodiyol, Mikoyil, Yoʻzabad, Elixu, Zillatay. Ular Manashe qabilasining mingboshilari hamda 21bahodir jangchilari boʻlganlari uchun Dovud ularni oʻz lashkari ustidan lashkarboshilar qilib tayinladi. Ular bosqinchi toʻdalarni yoʻq qilishda Dovudga yordam bergan edilar. 22Kundan–kunga Dovudga qoʻshilgan odamlarning soni koʻpayib borar edi. Natijada Xudoning lashkari singari buyuk bir lashkar hosil boʻldi.
Dovud lashkarining roʻyxati
23Dovud Xevronda#12:23 Xevron — 11:1 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. turgan paytda koʻp mohir jangchilar kelib, uning lashkari qatoriga qoʻshilgan edilar. Egamizning soʻziga binoan, Shoulning oʻrniga Dovudni taxtga oʻtqizmoqchi boʻlgan oʻsha jangchilarning soni quyidagicha edi:
24Yahudo qabilasidan qalqon va nayza bilan qurollangan 6800 kishi.
25Shimoʻn qabilasidan — 7100 nafar bahodir jangchi.
26Levi qabilasidan — 4600 kishi. 27Bularning qatoriga Horun xonadonining yoʻlboshchisi Yohayido va uning 3700 odami, 28yosh jangchi Zodoʻx va uning urugʻidan 22 nafar sardor ham kirgan edi.
29Benyamin qabilasidan — Shoulga qarindosh boʻlgan 3000 kishi. Benyamin qabilasining koʻpchiligi shu paytgacha Shoul xonadoniga sadoqatini saqlab kelgan edi.
30Efrayim qabilasidan — oʻz urugʻida dong taratgan 20.800 bahodir jangchi.
31Iordan daryosining gʻarb tomonidagi Manashe qabilasining yarmidan — 18.000 kishi. Ular maxsus tanlab olingan boʻlib, Dovudni shoh qilish maqsadi bilan Xevronga kelgan edilar.
32Issaxor qabilasidan — 200 nafar lashkarboshi va ularning qoʻl ostidagi odamlari. Bu lashkarboshilar Isroil xalqining nima qilishini va qachon qilishini yaxshi bilishar edi.
33Zabulun qabilasidan — 50.000 mohir jangchi. Ular Dovudga cheksiz sadoqati bilan xizmat qilish uchun tish–tirnogʻigacha qurollanib, jangga tayyor boʻlib kelgan edilar.
34Naftali qabilasidan — 1000 nafar sardor hamda qalqon va nayza bilan qurollangan 37.000 kishi.
35Dan qabilasidan — jangga tayyor 28.600 kishi.
36Osher qabilasidan — jangga tayyor 40.000 mohir jangchi.
37Iordan daryosining sharq tomonidagi Ruben, Gad qabilalaridan va Manashe qabilasining yarmidan — 120.000 kishi. Ular barcha jang aslahalari bilan qurollangan edilar.
38Bu jangchilarning hammasi jangovar holatda boʻlib, Dovudni butun Isroil ustidan shoh qilish maqsadida Xevronga kelgan edilar. Isroilning qolgan xalqi ham Dovudni shoh qilish maqsadiga qoʻshilgan edi. 39Jangchilar Dovudning huzurida uch kun qolib, qarindoshlari tayyorlagan taomlardan yeb, ichimliklardan ichib, ziyofat qilishdi. 40Shimoldagi Issaxor, Zabulun va Naftali qabilalarining olis hududlaridan ham odamlar kelishgan edi. Ular eshak, tuya, xachir, hoʻkizlarga bir talay un, anjir qoqi, mayiz#12:40 …anjir qoqi, mayiz… — qadimgi paytlarda odamlar anjir va uzumlarni quritgandan keyin, qoqilarni hovuchlarida qattiq siqib, dumaloq shakl berganlar. Shu tariqa qoqilar uzoq vaqt saqlangan va kundalik isteʼmol qilinadigan yegulik boʻlgan., sharob, zaytun moyi kabi yeguliklar ortib, olib kelishgan edi. Bulardan tashqari, koʻplab mol va qoʻylarni yetaklab kelishgandi. Ha, butun Isroilda xursandchilik hukmron edi.
Currently Selected:
1 Solnomalar 12: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: