Bu inoyat orqali Xudo bizga shuni oʻrgatadiki, biz xudosiz hayotdan va dunyoviy orzu–ehtiroslardan voz kechishimiz kerak. Axir, bizning ajoyib umidimiz bor: biz najotkorimiz Iso Masihning kelishiga va buyuk Xudoning ulugʻvorligini koʻrishga umid bogʻlaganmiz. Masihning kelishini kutar ekanmiz, bu oʻtkinchi hayotimizda nafsni tiyishimiz, toʻgʻri va taqvodor hayot kechirishimiz lozim. Axir, Iso Masih bizni barcha illatlarimizdan xalos qilish uchun Oʻz jonini fido qildi. U bizni poklab, Oʻziga tegishli boʻlgan, yaxshilik qilishga bagʻishlangan aziz bir xalq qildi.