Shu sababdan, Xudoning vaʼdasi Uning inoyatiga bogʻliq boʻlib, faqat imon bilan qabul qilinadi. Ibrohimning imoniday imonga ega boʻlganlarning hammasi qonunga amal qilib yashaydimi, yoʻqmi, uning zurriyoti hisoblanadi. Xudoning vaʼdasi albatta ularga ham daxldordir. Axir, Ibrohim hammamizning otamizdir.