Bordi–yu, Egamiz favqulodda bir narsa qilsa — yer yorilib ularni bor narsasi bilan yutib yuborsa, ular oʻliklar diyoriga tiriklayin kirib ketishsa, bilinglarki, oʻsha odamlar Egamizni xoʻrlagan boʻladi.
Muso gapini endi tugatgan ham ediki, oʻsha odamlarning oyogʻi ostidagi yer yorilib ketdi. Yerning ogʻzi katta ochilib, ularni oila aʼzolari, Koʻraxning hamma sheriklari, mol–mulki bilan birga yutib yubordi.