Sahroda 16:1-2
Sahroda 16:1-2 O‘ZBMK
Bir kuni Levi qabilasining Qohot urugʻidan boʻlgan Izxor oʻgʻli Koʻrax Musoga qarshi isyon koʻtardi. U Ruben qabilasidan Eliyobning oʻgʻillari Datan va Aburamni hamda Palaf oʻgʻli Onni yoniga qoʻshib oldi. Isroil xalqining 250 yoʻlboshchisi ham ularga qoʻshildi. Bu yoʻlboshchilar jamoa kengashining tayinlangan aʼzolaridan boʻlib, obroʻli kishilar edi.





