Lekin ota–bobolarimiz oʻzlariga bino qoʻyib, oʻjarlik qildilar, Sening amrlaringga itoat etmadilar. Ular Senga itoat etishdan bosh tortdilar, ularning orasida koʻrsatgan moʻjizalaringni esga olmadilar. Shu qadar oʻjarlik qildilarki, Misrdagi qullikka qaytib borish uchun oʻzlariga yoʻlboshchi tayinladilar. Lekin Sen kechiradigan, inoyatli, rahmdil, jahli tez chiqmaydigan, sodiq sevgisi moʻl Xudosan. Bizning ota–bobolarimiz oʻzlariga buqaning tasvirini yasab: «Mana bizlarni Misrdan olib chiqqan xudoyimiz», degan edilar. Shu tariqa oʻta shakkoklik qilgan edilar. Hatto oʻshanda ham Sen ota–bobolarimizni tark etmading.