Isroil xalqiga shunday dedi:
— Vaqti kelib, farzandlaringiz sizlardan: “Bu toshlar nimani bildiradi?” deb soʻrasa, sizlar shunday javob berasizlar: “Isroil xalqi mana shu yerda quruq yerdan yurib Iordandan oʻtgandi. Egamiz Xudo biz oʻtishimiz uchun Qizil dengizni quritganday, bu yerda ham biz oʻtib boʻlmagunimizcha Iordanning suvlarini quritgan edi.