Qoqilganlarga soʻzlaring bilan dalda berarding,
Ogʻir yuk ostida ezilganlarga kuch bagʻishlarding.
Endi esa azob–uqubatga uchraganingda tushkunlikka tushyapsan,
Oʻz boshingga tushganlardan sarosimada oʻtiribsan.
Xudodan qoʻrqishing umiding boʻlishi kerak emasmi?!
Yoʻllaring toʻgʻriligi senga umid bagʻishlamaydimi?!