Ayubning boshiga tushgan kulfatlar haqida uning uch doʻsti eshitdi. Bular Temonlik Elifaz, Shuvaxlik Bildad va Namaxlik Zoʻfar degan odamlar edi. Ular yigʻilishib, Ayubga hamdardlik bildirish va tasalli berish niyatida uni koʻrishga keldilar. Doʻstlari Ayubni uzoqdan koʻrib taniy olmadilar. Qattiq dod–faryod solib, kiyimlarini yirtishdi, boshlari uzra tuproq sochishdi. Ular Ayub bilan birga yetti kun–yetti kecha yerda oʻtirdilar. Mana shu kunlar davomida hech biri Ayubga gapirmadi, chunki u juda qattiq azob chekayotganini koʻrib turar edilar.