Ey Xudoyimiz, biz qul boʻlsak ham, Sen bizni tark etmading. Bizga marhamat koʻrsatib, Fors shohining iltifotiga sazovor qilding. Bizga yangi hayot ato qilding, uyingni qayta qurishimizga, uni tiklashimizga imkoniyat berding, Yahudo yurtida va Quddusda bexatar yashashimizga imkoniyat yaratding.