Muso togʻda uzoq qolib ketdi. Xalq Musoning togʻdan qaytib tushavermaganini koʻrgach, Horunning yoniga yigʻilishib, unga aytishdi:
— Qani, bizga xudo yasab ber, u bizni yoʻlda boshlab borsin. Bizni Misrdan olib chiqqan oʻsha odamga — Musoga nima boʻlganini bilolmayapmiz.