“Ana, Men Yahudo qabilasidan Urining oʻgʻli, Xurning nabirasi Bazalilni tanladim. Men uni Ruhim bilan toʻldirib, hunarmandchilikning hamma turi boʻyicha mohir va idrokli qildim, qobiliyat ato etdim. U ajoyib badiiy bezaklar qilishga, bezaklarga oltin, kumush va bronza bilan ishlov berishga, qimmatbaho toshlarni oʻyishga, ularga ishlov berib jihozlashga, yogʻoch oʻymakorligiga, badiiy hunarmandchilikka layoqatlidir.