Ey Xudoyim, quloq solib, nolalarimizni eshitgin! Koʻzingni ochib, biz tortgan jabrni koʻrib qoʻygin! Shaharning ahvoliga bir qara, axir, u Sening noming bilan atalgan–ku! Biz Sening marhamatingga loyiq boʻlmasak–da, Oʻzingning cheksiz rahmdilliging tufayli bizga shafqat qil. Yo Rabbiy, nolalarimni eshitgin! Yo Rabbiy, bizni kechirgin! Yo Rabbiy, iltijolarimni eshitib yordam bergin! Hurmating haqi shoshilgin, chunki bu shahring va xalqing Sening noming bilan atalgandir, ey Xudoyim!