U nihoyatda kuchayib ketadi, biroq oʻzining kuchi bilan emas. U hamma yoqni vayron qilib, barcha ishlarida muvaffaqiyat qozonadi. Zabardast yoʻlboshchilaru Xudoning azizlarini qirib tashlaydi. Ustalik bilan ishlatgan makkorligi tufayli koʻp yutuqlarga erishadi. Koʻzini yogʻ bosgan bu hukmdor ogohlantirmasdan koʻp odamlarni halok qiladi. U hatto eng buyuk Hukmdorga qarshi bosh koʻtaradi. Oqibatda esa yoʻq qilib tashlanadi, ammo bu insonning kuchi bilan qilinmaydi.