Ey azizlarim, sizlardan oʻtinib soʻrayman, jonga qarshi kurashadigan nafs ehtiroslaridan saqlaninglar. Axir, sizlar bu dunyoda gʻaribu musofirsizlar. Imonsizlar orasida Xudoga munosib hayot kechiringlar. Ular sizlarni yomonlikda ayblasalar–da, ezgu ishlaringizni koʻrib, kim bilsin, balki tavba qilishar va qiyomat kuni Xudoni ulugʻlashar.