Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar boʻlsin! U bizga behad rahm–shafqat koʻrsatib, yangi hayot berdi. Iso Masih oʻlikdan tirilib, barhayot boʻlgani uchun endi bizning umidimiz bor. Shu bois Xudo Oʻz xalqiga atagan qut–barakaga biz koʻz tikkanmiz. Ha, samoda saqlanayotgan bu abadiy, soʻlmas, begʻubor baraka sizlarni kutmoqda.