Sen ham Mening oldimda, otang Dovud kabi, sofdil va toʻgʻri boʻlib yursang, Men amr etgan hamma farmonlarimni ijro etsang, qonun–qoidalarimni mahkam tutsang, Isroil ustidan shohlik taxtingni abadiy mustahkam qilaman. Otang Dovudga ham: «Sening naslingdan boʻlgan erkak zoti to abad Isroil taxtida oʻtiradi», deb vaʼda bergan edim.