Sulaymon aytdi:
— Ey Xudoyim! Otam Dovud Sening quling edi. Otam Senga sodiq boʻlib, solihlik bilan, toʻgʻri koʻngil bilan yurgani uchun unga ulugʻ sevgingni koʻrsatding. Otamga marhamat qilib, bugun uning taxtiga oʻtirmogʻi uchun unga bir oʻgʻil ato etding.