— Endi mening ham umrim oxirlab boryapti. Sen qatʼiy irodali, mardonavor boʻl. Egang Xudo qoʻygan talablarni bajar. Musoning Tavrot kitobida yozilganiday, Uning yoʻlidan yurib, farmon va amrlariga, qonun–qoidalari va shartlariga rioya qil. Shunda nima qilsang ham, qayerga borsang ham, har doim baraka topasan. Egamiz men haqimda aytgan mana bu vaʼdasini ado etadi: “Agar oʻgʻillaring Mening oldimda oʻz yoʻllaridan adashmay, butun qalbi bilan, jonu dili bilan sodiq boʻlib yursalar, sening naslingdan boʻlgan erkak zoti to abad Isroil taxtida oʻtiradi.”