Ey azizlarim, menda Xudoning Ruhi bor degan har qanday odamga ishonib ketavermanglar. Har bir odamni sinanglar, u Xudodan yoki Xudodan emasligini bilinglar, chunki dunyoda soxta paygʻambarlar koʻpayib ketgan. Odamda Xudoning Ruhi borligini shundan bilib olsangiz boʻladi: Iso Masih inson boʻlib kelganini tan oladigan har bir odam Xudodandir.