1
Yoqub 1:2-3
Muqaddas Kitob
O‘zbMK
Ey birodarlarim, turli sinovlarga duchor boʻlganingizda oʻzingizni baxtli deb bilinglar. Axir, imoningiz sinalganda, sizlar sabr–toqat qilishni oʻrganasizlar. Bu oʻzingizga ham ayon.
Linganisha
Chunguza Yoqub 1:2-3
2
Yoqub 1:5
Agar birortangizga donolik yetishmasa, Xudodan soʻrang, U beradi. Chunki soʻraganlarning hammasiga Xudo saxiylik bilan, beminnat beradi.
Chunguza Yoqub 1:5
3
Yoqub 1:19
Ey aziz birodarlarim, shuni esingizda tutinglar: har bir odam eshitishda chaqqon, gapirishda vazmin, gʻazab kelganda bosiq boʻlsin.
Chunguza Yoqub 1:19
4
Yoqub 1:4
Har qanday vaziyatda sabr qilishni oʻrganinglar, shunda yetuk, bekamu koʻst, komil inson boʻlasizlar.
Chunguza Yoqub 1:4
5
Yoqub 1:22
Xudoning kalomiga rioya qilinglar! Kalomni eshitsam bas, deb oʻzingizni oʻzingiz aldamanglar.
Chunguza Yoqub 1:22
6
Yoqub 1:12
Sinovlarga bardosh bergan odam baxtlidir. Chunki u sinovdan oʻtgach, hayot toji bilan taqdirlanadi. Bunday tojni Xudo Oʻzini sevganlarga vaʼda qilgan.
Chunguza Yoqub 1:12
7
Yoqub 1:17
Har bir yaxshi va mukammal hadya samodan keladi. Bu hadyalarni osmondagi jamiki yoritqichlarni yaratgan Xudo beradi. Yoritqichlarning nuri paydo boʻlib, gʻoyib boʻladi, Xudoning ezguligi esa yoʻqolmaydi. Zero, Xudo hech qachon oʻzgarmaydi.
Chunguza Yoqub 1:17
8
Yoqub 1:23-24
Kalomni tinglab, amalda rioya qilmagan odam oʻz yuzini koʻzguda koʻrgan kishiga oʻxshaydi. U oʻziga qaradi–yu, ketdi va oʻsha zahoti oʻzining qanday ekanligini unutib yubordi.
Chunguza Yoqub 1:23-24
9
Yoqub 1:27
Otamiz Xudoning nazarida pok va begʻubor din–diyonatga ega boʻlgan inson yetim–yesiru bevalarni qaygʻuli kunlarida yoʻqlab boradi, u bu dunyo dastidan bulgʻanmaydi.
Chunguza Yoqub 1:27
10
Yoqub 1:13-14
Vasvasaga tushganingizda Xudoni ayblamang! Chunki Xudo hech qachon vasvasaga tushmaydi va hech kimni vasvasaga solmaydi. Lekin har kim oʻz ehtirosi dastidan vasvasaga duchor boʻlib, nafs tuzogʻiga ilinadi.
Chunguza Yoqub 1:13-14
11
Yoqub 1:9
Nochor ahvoldagi birodar Xudoning nazarida yuksak ekanligidan xursand boʻlsin.
Chunguza Yoqub 1:9
Nyumbani
Biblia
Mipango
Video