Sahroda 1
1
1–BOB
Isroil xalqi ilk bor roʻyxatga olinadi
1Isroil xalqi Misr yurtini tark etib#1:1 Isroil xalqi Misr yurtini tark etib… — Chiqish 12:40-42 ga qarang., Sinay sahrosiga kelganiga ikki yilu ikki oy boʻldi. Ikkinchi oyning#1:1 Ikkinchi oy — ibroniy kalendarining Ziv oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan aprelning oʻrtasidan boshlanadi. birinchi kunida Egamiz Uchrashuv chodirida Musoga shunday dedi: 2-3“Sen va Horun jamiki Isroil xalqini urugʻi, xonadoni boʻyicha sanab chiqinglar. Urushga yaroqli boʻlgan yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarni guruhlarga boʻlib, nomma–nom roʻyxatini tuzinglar. 4Har bir qabiladan bittadan urugʻboshi sizlarga yordam bersin. 5Sizlarga yordam beradigan urugʻboshilarning ismi quyidagichadir:
Ruben qabilasidan — Shaduvor oʻgʻli Elizur.
6Shimoʻn qabilasidan — Zurishaday oʻgʻli Shalumiyol.
7Yahudo qabilasidan — Ominadav oʻgʻli Naxshoʻn.
8Issaxor qabilasidan — Zuvor oʻgʻli Natanil.
9Zabulun qabilasidan — Xalon oʻgʻli Eliyob.
10Yusuf oʻgʻli Efrayim qabilasidan — Omihud oʻgʻli Elishama.
Yusuf oʻgʻli Manashe qabilasidan — Padozur oʻgʻli Gamaliyol.
11Benyamin qabilasidan — Gidoʻnax oʻgʻli Avidon.
12Dan qabilasidan — Omishaday oʻgʻli Oxazar.
13Osher qabilasidan — Oxron oʻgʻli Paxiyol.
14Gad qabilasidan — Duvel oʻgʻli Eliasaf.
15Naftali qabilasidan — Enan oʻgʻli Oxir.”
16Jamoa orasidan tanlangan ana shu urugʻboshilar Isroil qabilalarining yoʻlboshchilari edi.
17-19Muso va Horun urugʻboshilar bilan birgalikda ikkinchi oyning#1:17-19 ikkinchi oy — shu bobning 1–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang. birinchi kunida butun jamoani yigʻishdi. Ular Isroil xalqining barcha urugʻlarini va xonadonlarini aniqlab chiqishdi. Soʻng Musoga Egamiz amr etganday, jamoaning yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarini nomma–nom alohida roʻyxatga olishdi. Shu tariqa Muso Sinay sahrosida Isroil xalqini sanab chiqdi.
20-21Urugʻi va xonadoni boʻyicha nomma–nom roʻyxatga olingan, yigirma va undan yuqori yoshdagi urushga yaroqli erkaklarning soni#1:20-21 Urugʻi va xonadoni boʻyicha…urushga yaroqli erkaklarning soni… — ibroniycha matndagi bu jumla shu bobning 22-43–oyatlarida roʻyxat qilingan har bir qabila nomiga qoʻshib takrorlangan. Ravon oʻqilishi uchun mazkur tarjimada bu jumla har bir oyatda qaytarilmadi. quyidagicha edi:
Isroilning#1:20-21 Isroil — Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang). toʻngʻich oʻgʻli Ruben qabilasidan — 46.500 nafar odam,
22-23Shimoʻn qabilasidan — 59.300 nafar odam,
24-25Gad qabilasidan — 45.650 nafar odam,
26-27Yahudo qabilasidan — 74.600 nafar odam,
28-29Issaxor qabilasidan — 54.400 nafar odam,
30-31Zabulun qabilasidan — 57.400 nafar odam,
32-33Yusuf oʻgʻli Efrayim qabilasidan — 40.500 nafar odam,
34-35Yusuf oʻgʻli Manashe qabilasidan — 32.200 nafar odam,
36-37Benyamin qabilasidan — 35.400 nafar odam,
38-39Dan qabilasidan — 62.700 nafar odam,
40-41Osher qabilasidan — 41.500 nafar odam,
42-43Naftali qabilasidan — 53.400 nafar odam.
44Muso, Horun va Isroil xalqining oʻn ikki urugʻboshisi sanab chiqqan odamlar ana shular edilar. Ularning hammasi ota–bobolarining nasli boʻyicha roʻyxatga olindi. 45Xullas, Isroil xalqining yigirma va undan yuqori yoshdagi urushga yaroqli hamma erkaklari xonadonlari boʻyicha sanalganda, 46603.550 ta chiqdi.
47Levi qabilasi esa bu roʻyxatga kiritilmagan edi, 48chunki Musoga Egamiz shunday degandi: 49“Levi qabilasini roʻyxatga kiritma, ularni Isroil xalqi bilan birga sanama. 50Levilarga Muqaddas ahd chodirini#1:50 Muqaddas ahd chodiri — ibroniycha matnda Guvohlik chodiri (shu bobning 53–oyatida ham bor), Muqaddas chodirning yana bir nomi. Ibroniycha matndagi iboraning guvohlik soʻzi oʻnta amr yozilgan ikkita tosh lavhaga ishora qiladi. Bu tosh lavhalar Xudo va Uning xalqi oʻrtasida tuzilgan ahdning dalili, yaʼni toshga bitilgan guvohlik boʻlib xizmat qilardi. Bu ikki tosh lavha Muqaddas chodirdagi Ahd sandigʻining ichida saqlanardi (Chiqish 40:20 ga qarang)., uning hamma ashyolarini va Chodirga tegishli boʻlgan barcha narsalarni topshir. Yoʻlga chiqqanlaringizda, levilar Chodirni va undagi hamma ashyolarni koʻtarib yursinlar. Chodirni asrab–avaylab, uning yoniga oʻz chodirlarini tiksinlar. 51Har safar Muqaddas chodir koʻchirilganda, levilar Chodirni yigʻishsin. Qarorgoh qurganingizda esa Chodirni yana oʻrnatishsin. Chodirning yaqiniga borgan boshqa har qanday odam uchun jazo oʻlimdir. 52Qolgan Isroil qabilalari oʻz qarorgohlarida guruh–guruh boʻlib joylashsin. 53Isroil xalqi Mening qahr–gʻazabimga uchramasligi uchun, levilar oʻz chodirlarini Muqaddas ahd chodiri atrofida oʻrnatib, oʻsha yerda Chodirni qoʻriqlashsin.”
54Musoga Egamiz qanday amr etgan boʻlsa, Isroil xalqi shuni qildi.
Currently Selected:
Sahroda 1: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020