YouVersion Logo
Search Icon

Galatiyaliklar 1

1
1–BOB
Duoyi salom
1-2Men — Pavlus va men bilan birga boʻlgan hamma birodarlar Galatiya viloyatidagi imonlilar jamoatlariga salom yoʻllaymiz. Men insonlar tomonidan emas, inson orqali ham emas, balki Iso Masih va Uni tiriltirgan Otamiz Xudo tomonidan havoriy qilib tayinlanganman. 3Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat hamda tinchlik ato qilsin. 4Iso Masih bizni hozirgi yovuz zamondan qutqaray deb, bizning gunohlarimiz uchun Oʻzini fido qildi. U shu yoʻsin Otamiz Xudoning irodasini ado etdi. 5Xudoga abadulabad shon–sharaflar boʻlsin! Omin.
Yagona Xushxabar
6Sizlar Xudodan shunchalik tez yuz oʻgirib, boshqa bir xushxabarga yuz burayotganingizdan juda hayronman. Axir, Masihning inoyati orqali Xudo sizlarni Oʻz Xushxabariga daʼvat qilgan edi. 7Oʻsha Xushxabardan boshqa hech qanday xushxabar yoʻq–ku! Faqat baʼzilar sizlarni chalgʻitib, Masih haqidagi Xushxabarni buzib koʻrsatmoqchi boʻladilar. 8Ammo kimda–kim, hatto biz oʻzimizmi yoki osmondan kelgan biror farishtami, sizlarga biz yetkazgan Xushxabardan boshqa bir xushxabar keltirsa, u laʼnati boʻlsin! 9Men oldin ham aytgan edim, hozir ham aytyapman: kimki sizlar qabul qilgan Xushxabarga zid boʻlgan xabarni targʻib etsa, laʼnati boʻlsin!
10Xoʻsh, men kimning maqtoviga sazovor boʻlmoqchiman: insonlarningmi yoki Xudoningmi?! Nahotki insonlarni mamnun qilmoqchi boʻlsam?! Agar men hali ham insonlarni mamnun qilayotgan boʻlsam edi, Masihning quli boʻlolmas edim!
Xushxabarni targʻib etishga Pavlusni Xudo daʼvat qilgan
11Ey birodarlar, sizlarga aytib qoʻyay: men targʻib etayotgan Xushxabar inson ijodi emas. 12Axir, men bu Xushxabarni insondan qabul qilmaganman yoki biror odamdan oʻrganmaganman. Uni menga Iso Masihning Oʻzi vahiy orqali ayon qilgan.
13Men yahudiy diniga eʼtiqod qilib, qanday hayot kechirganim haqida eshitgansizlar. Oʻsha paytlarda Xudoning jamoatini shafqatsizlarcha quvgʻin qilardim, uni qirib tashlashga harakat qilardim. 14Qavmimdan boʻlgan koʻp tengdoshlarimga qaraganda, yahudiy dinini chuqurroq tushunib, ulardan ancha ilgarilab ketgan edim. Ota–bobolarimning urf–odatlarini deb, jonkuyarlik qilardim. 15Ammo Xudo menga muruvvat qildi, inoyati bilan meni Oʻziga daʼvat etib, onam qornida boʻlganimdayoq meni tanlagan edi. 16Men gʻayriyahudiylar orasida Xudo Oʻgʻli haqidagi Xushxabarni targʻib qilishim uchun, Xudo Oʻz Oʻgʻlini menga zohir qildi. Shunda men hech bir inson bilan maslahatlashmadim. 17Hatto mendan oldin havoriy boʻlganlarni koʻrish uchun Quddusga bormay, darhol Arabistonga joʻnadim. Undan keyin yana Damashqqa qaytdim#1:17 …darhol Arabistonga joʻnadim. Undan keyin yana Damashqqa qaytdim — Pavlus Damashqqa ketayotgan paytda Iso unga zohir boʻlgan (Havoriylar 9:1-19 ga qarang). Shundan keyin Pavlus Damashqdan Arabistonga borgan. U Arabistonning bir qismi boʻlgan Nabateya shohligida (4:25 izohiga qarang) istiqomat qilgan boʻlishi mumkin. Nabateya Damashqdan janubda joylashgan boʻlib, poytaxti Petra shahri edi. Pavlus Arabistonda oʻtkazgan vaqt haqida Yangi Ahdda boshqa hech qanday maʼlumot yoʻq. Pavlus Arabistondan Damashqqa qaytib kelgach, u yerdagi sinagogalarda Iso Masih haqida vaʼz qila boshlagan (Havoriylar 9:19-22 ga qarang)..
18Uch yildan keyin#1:18 Uch yildan keyin — Iso Pavlusga zohir boʻlgandan keyin oʻtgan uch yil vaqt nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Yoki Pavlus Arabistondan Damashqqa qaytib kelgandan keyingi uch yil vaqt nazarda tutilgan boʻlishi ham mumkin. Shu bobning 17–oyati izohiga qarang., Butrus#1:18 Butrus — yunoncha matnda Kifas, Butrusning oramiycha ismi (Yuhanno 1:42 ga qarang). bilan tanishay deb, Quddusga bordim#1:18 …Quddusga bordim — Havoriylar 9:26-30 da aytib oʻtilgan safarga ishora boʻlsa kerak.. Uning yonida oʻn besh kun boʻldim. 19Ammo Quddusda Butrusdan va Rabbimiz Isoning ukasi Yoqubdan#1:19 Yoqub — Iso tanlagan oʻn ikki havoriydan biri boʻlgan Yoqub emas, balki Quddusdagi jamoatning yetakchisi va Isoning ukasi Yoqub nazarda tutilgan (Mark 6:3, Havoriylar 15:13, 21:18 ga qarang). boshqa hech bir havoriyni koʻrmadim. 20Men sizlarga nima yozayotgan boʻlsam, Xudo shohid, hech biri yolgʻon emas.
21Undan soʻng Suriya va Kilikiya hududlariga bordim#1:21 …Suriya va Kilikiya hududlariga bordim — Suriya va Kilikiya Rim imperiyasiga qarashli bitta viloyatni tashkil qilgan. Pavlus tugʻilgan Tarsus shahri Kilikiyada joylashgan edi. Pavlus avval Tarsusga, keyin Suriyadagi Antioxiya shahriga taʼlim berish uchun borgan (Havoriylar 9:30, 11:25-26 ga qarang).. 22Yahudiya oʻlkasidagi imonlilar jamoatlari meni hali shaxsan tanimas edilar. 23Oʻsha imonlilar men haqimda faqat boshqalarning: “U bir vaqtlar bizlarni quvgʻin qilib yurgan kishi edi. Endi esa ilgari ildizi bilan quritmoqchi boʻlgan imonni oʻzi targʻib qilmoqda” degan gaplarini eshitardilar 24va men tufayli Xudoni ulugʻlar edilar.

Currently Selected:

Galatiyaliklar 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in