YouVersion Logo
Search Icon

Ester 1

1
1–BOB
Axashverashning ziyofati
1Bu voqea Axashverash#1:1 Axashverash — Kserks ismi bilan ham tanilgan boʻlib, miloddan oldingi 486-465 yillarda Fors shohligida hukmronlik qilgan. davrida boʻlib oʻtgan edi. Axashverash Hindistondan Habashistongacha#1:1 Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda boʻlib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi. bir yuz yigirma yetti viloyat ustidan hukmronlik qilardi.
2Shoh Axashverash Shushandagi#1:2 Shushan — Elam viloyatining poytaxti boʻlib, Bobildan sharqda joylashgan edi. Shushan qalʼasi Fors shohlarining qishki qarorgohi edi. qalʼada shohlik taxtiga oʻtirgandan keyin, 3hukmronligining uchinchi yilida#1:3 hukmronligining uchinchi yili — taxminan miloddan oldingi 483 yil. barcha vazirlari va saroy aʼyonlari, Fors va Midiya shohliklarining bosh lashkarboshilari va zodagonlari, qoʻli ostidagi viloyatlarning hokimlari uchun ziyofat berdi. 4Axashverash ancha vaqt — bir yuz sakson kun davomida oʻz shohligining beqiyos boyligini, dabdabali va hashamatli ulugʻvorligini koʻrsatdi. 5Bu ziyofatdan keyin Axashverash Shushan qalʼasining kattayu kichigiga shoh saroyining bogʻ hovlisida yetti kun ziyofat berdi. 6Bogʻning marmar ustunlari tepasidagi kumush halqalarga oliy navli va safsar rangli zigʻir iplardan toʻqilgan, arqonlarga bogʻlangan oq va koʻk rangli zigʻir pardalar osilgandi. Argʻuvon va oq marmar, sadaf va qoramtir toshlar qoplangan joyga oltin va kumush oʻrindiqlar oʻrnatilgan edi. 7Ichimliklar turli–tuman oltin qadahlarda tortildi. Shohona sharob ham, shohning boyligi kabi, juda serob boʻldi. 8Chunki shoh oʻz xonadoni boshqaruvchilariga: “Har kimga istaganicha berilsin”, deb farmon etdi. Shuning uchun ichimliklar, shohning farmoniga koʻra, mehmonlarning xohishiga qarab berildi. 9Malika Vashti ham shoh Axashverash saroyida ayollar uchun ziyofat berayotgan edi.
Malika Vashti tojdan mahrum qilinadi
10Yettinchi kuni shoh sharob ichib vaqti chogʻ boʻlib, oʻzining Maxumon, Bizta, Xarbona, Bixta, Avagʻta, Zatar, Karkas ismli yettita mulozimiga#1:10 mulozim — qadimda saroy xizmatida boʻlgan kishi (shu bobning 12, 15–oyatlarida ham bor). Mulozim hukmdorning yoki saroydagi yuqori lavozimdagi amaldorning farmonlarini, topshiriqlarini bajargan va ularning nomidan ish yuritish huquqiga ega boʻlgan. Bu oʻrindagi ibroniycha soʻz bichilgan erkakka nisbatan ham ishlatilgan. Hukmdorning xonadonidagi ayollar bilan koʻp muloqot qilish zarurati boʻlgani uchun bu mulozimlar koʻpincha bichib qoʻyilar edi. shunday farmon berdi: 11“Malika Vashtiga shohona toj kiydirib, huzurimga olib kelinglar, xalqqa va aʼyonlarga uning goʻzalligini koʻrsatay.” Haqiqatan ham malika gʻoyat goʻzal edi. 12Lekin malika Vashti kelmadi, shohning mulozimlar orqali bergan farmonini bajarishdan u bosh tortdi. Shoh bundan qattiq gʻazablandi, malikadan gʻoyatda jahli chiqdi. 13Shoh oʻz ishlarini qonun–qoidani biladiganlar oldida qilardi. 14Oʻsha paytda shohning yaqinlari Fors va Midiya shohligining yettita begi — Karshana, Shator, Admata, Tarshish, Miros, Marsano, Mamuxon edi. Ularning joyi shohning huzurida boʻlib, shohlikda eng yuqori mavqeni egallagan edilar. Shoh qonun–qoidalarni yaxshi biladigan oʻsha donishmandlardan soʻradi:
15— Shoh Axashverash malika Vashtiga mulozimlar orqali farmon bergan edi, u itoat etmadi. Bu qilmishi uchun qonunga binoan uni nima qilish kerak?
16Shunda Mamuxon shoh va aʼyonlar huzurida shunday javob berdi:
— Malika Vashti yolgʻiz shohimiz oldidagina emas, balki shoh Axashverash hukmronligi ostidagi hamma viloyatlarning beklari va xalqi oldida aybdordir. 17Chunki malikaning qiligʻini hamma ayollar eshitishgach, ular: “Shoh Axashverash, malika Vashtini huzurimga olib kelinglar, deb farmon bergan ekan, malika bormabdi”, deb gapirib yuradilar va erlarini mensimay qoʻyadilar. 18Malikaning qiligʻi toʻgʻrisida eshitgan Fors va Midiya shohligi begoyimlari shohimizning hamma aʼyonlariga ayni oʻsha gapni aytadilar. Oʻrtada kiborlik, dilsiyohlik paydo boʻladi. 19Agar shohimiz maʼqul koʻrsalar, oʻzlari butun shohlik hududi boʻyicha qaror chiqarsinlar. Fors hamda Midiya shohligi qonunlariga: “Vashti shoh Axashverash huzuriga kirmasin, uning shohlikdagi martabasi boshqa yaxshirogʻiga berilsin” degan qoʻshimcha kiritilsin va bu farmon oʻzgartirilmasin. 20Shohlik qanchalik katta boʻlmasin, shohimizning bu farmoni shohlik boʻylab tarqalganda, barcha ayollar — boyu kambagʻali erlarini hurmat qiladigan boʻladilar.
21Bu gap shohga va aʼyonlarga maʼqul boʻldi. Shoh Mamuxon aytganiday qildi. 22U qoʻli ostidagi hamma viloyatlarga maktub joʻnatdi. Maktub har bir viloyatning oʻz yozuvida va har bir xalqning oʻz tilida bitilgan boʻlib, unda: “Har bir erkak oʻz oilasida xoʻjayin boʻlsin va uning gapi gap boʻlsin”, deb yozilgan edi.

Currently Selected:

Ester 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in