YouVersion Logo
Search Icon

Doniyor 1

1
Doniyor va uning doʻstlari boshidan oʻtgan voqealar
(1:1-6:28)
1–BOB
Oʻspirinlar shoh Navuxadnazar saroyida
1Yahudo#1:1 Yahudo — Yahudo qabilasi Isroilning janubiy qismidagi eng katta qabila edi. Shoh Sulaymon vafotidan keyin shimoldagi oʻnta qabila janubdagi Yahudo va Benyamin qabilalaridan ajralib chiqdi (3 Shohlar 11:26-12:24 ga qarang). Yahudo va Benyamin qabilalari janubiy shohlik deb ataladigan boʻldi. Janubiy shohlikning poytaxti Quddus boʻlib qolaverdi, ularning oʻz hukmdorlari bor edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO soʻziga qarang. shohi Yohayiqim hukmronligining uchinchi yilida#1:1 Yahudo shohi Yohayiqim hukmronligining uchinchi yili — miloddan oldingi 605 yil. Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qoʻshin tortib kelib, shaharni qamal qildi. 2Rabbiy Yohayiqimni Navuxadnazarning qoʻliga berdi#1:2 Rabbiy Yohayiqimni Navuxadnazarning qoʻliga berdi — Yohayiqim uch yil davomida Navuxadnazarga qaram boʻldi. Oxiri, u Navuxadnazarga qarshi isyon koʻtardi. Yohayiqim Quddusda vafot etgan boʻlishi mumkin (4 Shohlar 24:1-6 ga qarang). Shundan keyin uning oʻgʻli Yohayixin Yahudo taxtiga oʻtirdi. Navuxadnazar uni miloddan oldingi 597 yilda Bobilga asir qilib olib ketdi (4 Shohlar 24:8-15 ga qarang).. Navuxadnazar Xudoning uyidagi ayrim idishlarni oʻlja qilib, Bobil#1:2 Bobil — ibroniycha matnda Shinar, Mesopotamiyadagi, yaʼni Dajla va Furot daryolari orasida joylashgan yerlardagi bir hududning qadimgi nomi. Bobil shohligi dastlab shu yerda barpo boʻlib, keyinchalik koʻp yerlarni egallagan buyuk shohlik boʻlgan. yurtiga olib bordi–da, idishlarni oʻz xudosining uyidagi xazinaga joylashtirdi.
3U saroyning bosh mulozimi#1:3 mulozim — qadimda saroy xizmatida boʻlgan kishi (shu bobning 7, 8, 9, 10, 11, 18–oyatlarida ham bor). Mulozim hukmdorning yoki saroydagi yuqori lavozimdagi amaldorning farmonlarini, topshiriqlarini bajargan va ularning nomidan ish yuritish huquqiga ega boʻlgan. Bu oʻrindagi ibroniycha soʻz bichilgan erkakka nisbatan ham ishlatilgan. Hukmdorning xonadonidagi ayollar bilan koʻp muloqot qilish zarurati boʻlgani uchun bu mulozimlar koʻpincha bichib qoʻyilar edi. Ashnapazga shunday buyruq bergan edi: “Isroil xalqidan olingan asirlardan shoh va zodagonlarning oilalariga mansub boʻlgan 4yigitlarni olib kel. Ular yosh, jismonan sogʻlom, xushqomat, zehni oʻtkir, qobiliyatli, farosatli, xullas, shoh saroyida xizmat qilishga layoqatli boʻlishsin. Sen ularga bobil tilini#1:4 bobil tili — ibroniycha matnda xaldey tili, oʻsha vaqtda Bobil yurti Xaldeylar yurti deb ham atalardi. va adabiyotini oʻrgatishing kerak. 5Har kungi yegulik bilan sharob ularga mening dasturxonimdan berilsin. Ular uch yil taʼlim olishgach, mening huzurimda hozir boʻlishlari lozim.”
6Tanlanganlarning orasida Yahudo qabilasidan boʻlgan Doniyor, Xanoniyo, Mishail va Ozariyo ismli oʻspirinlar bor edi. 7Bosh mulozim ularning ismlarini oʻzgartirib, Doniyorni — Beltashazar, Xanoniyoni — Shadrax, Mishailni — Meshax, Ozariyoni esa Abednaxu deb atadi.
8Doniyor shohona yegulik va sharobdan bulgʻanishni xohlamadi#1:8 Doniyor shohona yegulik va sharobdan bulgʻanishni xohlamadi… — qadimgi paytlarda odamlar oʻz xudolariga qurbonlik qilingan hayvonning goʻshtini tanovul qilishardi, sharob ham mana shu qurbonlikka qoʻshib nazr qilinardi. Ehtimol, shoh dasturxonidagi baʼzi bir yeguliklar, Muso qonuniga koʻra, harom hisoblangandir (Levilar 11:1-47 ga qarang). Mana shu sabablarga koʻra, Doniyor shohona yeguliklarni rad etgan.. Bu taomlardan u voz kechmoqqa ahd qilib, bosh mulozimdan buning uchun ijozat soʻradi. 9Xudoning irodasi bilan Doniyor bosh mulozimning muruvvatiyu iltifotiga sazovor boʻlgan edi. 10Ammo bosh mulozim Doniyorning taklifini eshitib lol qoldi va dedi: “Yoʻq, yegulik bilan ichimliklarni sizlarga#1:10 sizlar — yaʼni Doniyor va uning doʻstlari Shadrax, Meshax va Abednaxu. Doniyorning doʻstlari ham, Doniyor bilan bir qatorda, shohona yegulikdan voz kechganlari koʻrinib turibdi. shoh hazratlarining oʻzlari belgilaganlar. Hazratimning buyruqlaridan bosh tortishdan qoʻrqaman. Bordi–yu, koʻrinishlaring tengdoshlaringnikidan yomonroq boʻlsa, mening jonimni xavf ostiga qoʻygan boʻlasizlar.”
11Keyin Doniyor bu masala xususida bosh mulozim tayinlagan soqchi bilan gaplashdi, chunki bu soqchi Doniyor va uning uch ogʻaynisi uchun masʼul bir odam edi. U soqchiga shunday dedi: 12“Iltimos, qullaringizni oʻn kun davomida sinab koʻring. Bizga yegani sabzavot, ichgani suv bering. 13Keyin esa bizni shohona yegulikni yegan yigitlar bilan solishtirib koʻring, soʻng bilganingizni qilavering.”
14Soqchi rozi boʻlib, ularni oʻn kun davomida sabzavotlar bilan boqdi. 15Oʻn kun oʻtgach, ularning gavdalari toʻlishib, shohona yegulik yegan boshqa yigitlardan ancha koʻrkam boʻldi. 16Shunday qilib, soqchi ularning shohona yeguliklari va sharobini oʻziga olib qolib, ularga faqat sabzavotlar beradigan boʻldi.
17Xudo bu toʻrtta yigitga adabiyot va falsafaning har sohasini fahmlamoq uchun bilim va isteʼdod bergan edi. Bundan tashqari, Doniyor turli xil vahiy va tushlarni taʼbirlash qobiliyatiga ega edi.
18Shoh belgilagan muddat tugagach, bosh mulozim hamma yigitlarni Navuxadnazar huzuriga olib bordi. 19Shoh ularning har biri bilan suhbatlashdi. Ular orasida hech kim Doniyor, Xanoniyo, Mishail va Ozariyoga teng kela olmasdi. Shuning uchun shoh ularni oʻz saroyida olib qoldi. 20Shoh qanday savol bermasin va qanday jumboqni yechishni soʻramasin, ularning bilimi va donoligi butun shohlikdagi folbinu munajjimlarnikidan oʻn barobar ziyoda edi. 21Doniyor saroyda shoh Kurush hukmronligining birinchi yiligacha#1:21 shoh Kurush hukmronligining birinchi yili — miloddan oldingi 538 yil. Midiya va Fors lashkarlari shoh Kurush boshchiligida Bobil shahrini miloddan oldingi 539 yilda bosib olgan edilar. Shoh Kurush miloddan oldingi 530 yilgacha Bobilda hukmronlik qildi. U Kir ismi bilan ham tanilgan. xizmat qildi.

Currently Selected:

Doniyor 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in