YouVersion Logo
Search Icon

Zakariyo 5

5
5–BOB
Oltinchi vahiy: uchayotgan oʻrama qogʻoz
1Men yana tepaga qarab uchayotgan oʻrama bir qogʻozni#5:1 oʻrama bir qogʻoz — papirus yoki oshlangan teridan qilingan uzun oʻralgan qogʻoz. Qadimgi paytlarda kitoblar odatda oʻrama qogʻoz shaklida boʻlgan. koʻrdim. 2Farishta mendan:
— Nima koʻryapsan? — deb soʻradi. Men:
— Uchib ketayotgan oʻrama bir qogʻozni koʻryapman, uning uzunligi yigirma tirsak, eni esa oʻn tirsak#5:2 …uzunligi yigirma tirsak, eni esa oʻn tirsak… — uzunligi taxminan 9 metrga, eni taxminan 4,5 metrga toʻgʻri keladi., — deb javob berdim.
3Shunda u menga dedi:
— Bu qogʻozga butun yurt ustiga keladigan laʼnat yozilgan. Qogʻozning bir tomonidagi yozuvga koʻra, oʻgʻrilik qilganlar, orqa tomonidagi yozuvga koʻra, yolgʻon qasam ichganlar yurtdan yoʻq qilinadi. 4Sarvari Olam aytmoqda: “Bu laʼnatni Men yubordim, u oʻgʻrining uyiga kiradi. Kim Mening nomim bilan yolgʻon qasam ichsa, oʻshaning uyiga kiradi. Laʼnat oʻsha uyda boʻlib, uni tosh va sinchlariga qoʻshib, butunlay vayron qiladi.”
Yettinchi vahiy: savat ichidagi ayol
5Men bilan gaplashgan farishta kelib, menga shunday dedi:
— Qara–chi, kelayotgan narsa nima ekan.
6Men:
— U nima? — deb soʻradim. Farishta:
— Bu kelayotgan narsa savatdir, — deb javob berdi. — Yurtdagi jamiki aholining niyatu muddaolarini bildiruvchi timsol oʻsha savat ichidadir.
7Qoʻrgʻoshindan yasalgan qopqoq ochildi, savatning ichida esa bir ayol oʻtirgan ekan. 8Farishta dedi:
— Bu ayolning ismi Fosiqlik.
Shunday deb, u ayolni qaytarib savatga tiqib qoʻydi–da, qopqogʻini yopdi.
9Men yana tepaga qarab, ikkita ayol uchib kelayotganini koʻrdim. Ular qanotlarini shamolda yoygan holda uchib kelayotgan edilar, qanotlari turnaning qanotlariga oʻxshar edi. Ular kelib oʻsha savatni oldilar–da, osmonga koʻtarib olib ketdilar. 10Men bilan gaplashayotgan farishtadan soʻradim:
— Ular savatni qayerga olib ketishyapti?
11U menga:
— Bobil#5:11 Bobil — ibroniycha matnda Shinar, Mesopotamiyadagi, yaʼni Dajla va Furot daryolari orasida joylashgan yerlardagi bir hududning qadimgi nomi. Bobil shohligi dastlab shu yerda barpo boʻlib, keyinchalik koʻp yerlarni egallagan buyuk shohlik boʻlgan. yurtiga olib ketishyapti, — deb javob berdi. — Oʻsha yerda unga sajdagoh qurishadi. Sajdagoh tayyor boʻlgandan keyin, savatni oʻsha yerda oʻz joyiga qoʻyishadi.

Currently Selected:

Zakariyo 5: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in