Zakariyo 4
4
4–BOB
Beshinchi vahiy: chiroqpoya va ikkita zaytun daraxti
1Men bilan gaplashgan farishta qaytib kelib, xuddi meni uyqudan uygʻotganday qilib turgʻizdi. 2U mendan:
— Nima koʻryapsan? — deb soʻradi. Men shunday javob berdim:
— Tilladan yasalgan bir chiroqpoyani koʻryapman, uning ustida moy uchun bir tovoq turibdi. Chiroqpoyada esa yettita moychiroq turibdi. U moychiroqlarning har birida yettitadan joʻmragi bor. 3Chiroqpoyaning oldida ikkita zaytun daraxti bor. Bu daraxtlarning biri chiroqpoyaning oʻng tomonida, ikkinchisi esa chap tomonida turibdi.
4Men bilan gaplashgan farishtadan soʻradim:
— Bular nima, ey toʻram?#4:4 Bular nima, ey toʻram? — bu savolga farishta shu bobning 10–oyati ikkinchi qismida javob beradi.
5U mendan:
— Nimaligini bilmaysanmi? — deb soʻradi. Men:
— Yoʻq, toʻram, — deb javob berdim.
6U menga shunday dedi:
— Quyidagilar Egamizning Zarubabelga#4:6 Zarubabel — Yahudo hokimi. Xaggey 1:1 ga va oʻsha oyatning uchinchi va toʻrtinchi izohlariga qarang. bergan xabaridir: “Qudrat bilan emas, kuch bilan emas, Mening Ruhim ila muvaffaqiyatga erishasan, — deydi Sarvari Olam. 7— Ey baland togʻ#4:7 baland togʻ — bu ibora majoziy maʼnoda qoʻllangan boʻlib, Zarubabel Maʼbadni qayta qurishda duch kelgan qiyinchiliklarga va qarshiliklarga ishora boʻlsa kerak. Zarubabel bu qiyinchiliklarni yengib oʻtgan edi, togʻlarning tekislikka aylanishi ana shu gʻalabaning ramzidir., sen nima boʻlibsan?! Zarubabel oldida sen tekislik boʻlasan. Zarubabel Mening uyimni qayta quradi, uning eng oxirgi toshini qoʻyadi. Shundan keyin butun xalq: «Xudo marhamat qilsin!» deb hayqiradi.”
8Yana Egamiz menga quyidagi soʻzini ayon qildi: 9“Zarubabel oʻz qoʻllari bilan uyimning poydevorini yotqizdi. Qurilishni ham oʻzi tugatadi. Ana shunda Men, Sarvari Olam, seni yuborganimni xalq anglab oladi. 10Qurilishning boshlanishi arzimasday koʻrinsa ham, koʻnglingiz choʻkmasin! Zero, Mening koʻzlarim, yaʼni Egangizning yettita koʻzi Zarubabelning qoʻlidagi yozuv oʻyilgan toshga#4:10 yozuv oʻyilgan tosh — yoki shoqul. Shoqul — binokorlikda devor, ustun va shu kabilarning vertikal holatini aniqlash uchun ishlatiladigan, bir uchiga ogʻirlik bogʻlangan ipdan iborat asbob. xursandchilik bilan qaraydi.”
Shunda Farishta menga dedi:
— Sen koʻrgan yettita moychiroq butun yer yuziga qarab turuvchi Egamizning yettita koʻzidir.
11Men farishtadan soʻradim:
— Chiroqpoyaning oʻng va chap tomonida turgan zaytun daraxtlarining maʼnosi nima? 12Oltin novlari orqali tillasimon moy oqayotgan zaytun daraxtlarining ikki shoxi nimani bildiradi?
13U mendan:
— Bilmaysanmi? — deb soʻradi. Men:
— Yoʻq, toʻram, — deb javob berdim. 14U shunday dedi:
— Bular boshiga moy surtib tanlangan, butun olamning Rabbiysi oldida xizmat qiladigan ikki zotdir#4:14 Bular…ikki zotdir — oliy ruhoniy Yoshua (3:1-6 ga qarang) va Yahudo hokimi Zarubabel (shu bobning 6-10–oyatlariga qarang) nazarda tutilgan. Zarubabel Dovud avlodidan edi..
Currently Selected:
Zakariyo 4: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020