YouVersion Logo
Search Icon

Titus Kirish

Kirish
Mazkur maktub muallifi havoriy Pavlusdir. Pavlus bu maktubini Krit orolidagi yosh, sadoqatli hamkori Titusga yozgan. Titus, Timoʻtiy singari, Pavlusning eng yaqin hamkorlaridan biri edi. Galatiyaliklarga yozgan maktubida Pavlus Titusning yunon ekanligini aytib oʻtadi#…Pavlus Titusning yunon ekanligini aytib oʻtadi — Galatiyaliklar 2:3 ga qarang..
Titus Pavlus bilan birgalikda Krit orolida Masih haqidagi Xushxabarni eʼlon qilib, dastlabki imonlilar jamoatlariga asos solgan edi. Pavlus Kritdan ketishidan oldin, jamoatlarda tartib–qoida oʻrnatish vazifasini Titusning zimmasiga yuklagan edi.
Maktubning boshida muallif jamoat yetakchilari haqida soʻz yuritadi. Ular Kritdagi badfeʼl odamlardan ajralib turishi, ibratli va bir qator xislatlarga ega boʻlishlari kerakligi haqida yozadi. Pavlus Titusni soxta ustozlardan uzoqroq yurish haqida ogohlantiradi. Maktubning davomida esa, jamoatdagi yoshu qarilarga, qullarga qay tarzda taʼlim berish kerakligi haqida nasihat qiladi. Soʻng masihiylarning feʼl–atvori qanday boʻlishi kerakligiga eʼtiborini qaratib, jamoatdagilarga muloyim va mehribon boʻlinglar, xayrli ishlarga bel bogʻlanglar, deb yozadi.
Pavlus bu maktubida Xudoning inoyatiga urgʻu beradi. Xudo Oʻz inoyati tufayli bizga Iso Masih orqali yangi hayot ato qilganini, ustimizga Oʻz Ruhidan moʻl qilib yogʻdirganini eslatib, endi abadiy hayotga umid bogʻlab yashashimiz kerakligini taʼkidlaydi.

Currently Selected:

Titus Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy