Zabur 98
98
98–SANO
1Egamiz Shohdir, xalqlar titrasin!
Karublar orasida taxt qurgan U!
Zamin larzaga kelsin!
2Egamiz Quddusda#98:2 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang. ulugʻdir,
Jamiki xalqlar uzra yuksakdadir.
3Uning nomi ulugʻ, haybatlidir!
Hamma Uni madh qilsin,
Zero, muqaddasdir U!
4Shoh qudratlidir, adolatparvardir,
U odillikni oʻrnatgan!
Yoqub nasli orasida
Adolatli va toʻgʻri hukm chiqargan!
5Egamiz Xudoni ulugʻlanglar!
Uning poyiga sajda qilinglar.
Zero, muqaddasdir U!
6Muso va Horun Uning ruhoniylaridan edi,
Shomuil ham Egamizga iltijo qilganlardan biri edi.
Ular Egamizga iltijo qildi, U javob berdi.
7Ustun shaklidagi bulut ichra ular bilan gaplashdi,
Ular Egamizning farmonlariga
Hamda U bergan qonunlariga rioya qilardi.
8Ularga javob berding, ey Egamiz Xudo!
Sen ularni kechiruvchi Xudo boʻlding,
Ularni jazolading yomon yoʻldan ketganlarida.
9Ulugʻlanglar Egamiz Xudoni!
Sajda qiling Unga muqaddas togʻida#98:9 muqaddas togʻi — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang..
Zero, muqaddasdir Egamiz Xudo!
Currently Selected:
Zabur 98: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020