Zabur 97
97
97–SANO
Sano.
1Yangi bir qoʻshiq ayting Egamizga!
Axir, U ajoyib ishlar qildi.
Oʻzining oʻng qoʻli, muqaddas bilagi bilan zafar qozondi.
2Egamiz zafarining dongʻini taratdi,
Xalqlarga najotini namoyon qildi.
3Isroil xalqiga boʻlgan sevgisiyu sadoqatini yodida tutdi.
Yerning toʻrt tomoni Xudoyimiz bergan najotni koʻrdi.
4Ey zamin ahli, Egamizni olqishlab, xitob qiling,
Sevinchli kuy–qoʻshiqlar ila Unga xitob qiling.
5Lira chalib, Egamizga hamdu sano kuylang,
Lira chalib, qoʻshiqlar ayting.
6Karnayu burgʻularni chaling,
Shohni — Egamizni olqishlab, xitob qiling.
7Joʻsh ursin dengizu undagi hamma jonzot,
Joʻsh ursin olamu unda yashovchi hamma maxluqot.
8Egamiz oldida daryolar qarsak chalsin,
Qirlar birga shodlanib qoʻshiq aytsin.
9Zotan, Egamiz yerda hukm etgani kelmoqda,
U olamni toʻgʻri hukm etadi,
Adolat ila xalqlarni hukm qiladi.
Currently Selected:
Zabur 97: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020