Zabur 95
95
95–SANO
1Ey olam, Egamizni tarannum eting!
Egamizga yangi bir qoʻshiq ayting.
2Egamizni tarannum eting,
Unga olqishlar boʻlsin,
Uning bergan najotidan har kuni soʻylang.
3Eʼlon qiling elatlar orasida Uning shuhratini,
Jamiki xalqlar orasida Uning ajoyibotlarini.
4Egamiz buyukdir, koʻp maqtovga loyiqdir,
Jamiki xudolardan U izzatlidir.
5Zotan, xalqlarning hamma xudolari butlardir,
Egamiz esa samolarni yaratgandir.
6Shuhratu ulugʻvorlik Uning huzuridadir,
Qudratu goʻzallik Uning muqaddas maskanidadir.
7Egamizga hamdlar ayting, ey zamin xalqlari!
Egamizning qudratiyu shuhratiga hamdlar oʻqing!
8Egamizning sharafiga sanolar ayting!
Nazrlar keltirib, Uning hovlisiga kiring!
9Muqaddas ulugʻvorlikka burkangan Egamizga sajda qiling!#95:9 Muqaddas ulugʻvorlikka burkangan Egamizga sajda qiling! — yoki Egamizning muqaddas maskani ulugʻvorligi ichra Unga sajda qiling! yoxud Muqaddas liboslarda Egamizga sajda qiling!
Ey zamin ahli, Uning oldida titrab turing!
10Elatlar orasida aytingki: “Egamiz Shohdir!
Olam mustahkam oʻrnashgan, hech qachon tebranmaydi,
U xalqlarni haqqoniy hukm qilar.”
11Samolar shod boʻlsin, zamin quvonsin,
Dengizu undagi hamma jonzot guvullasin.
12Dalalaru undagi har narsa sevinch ila joʻshsin,
Oʻrmondagi hamma daraxt shodlikdan qoʻshiq aytsin.
13Egamiz oldida ular qoʻshiq aytar, ana, U kelayotir,
Zaminni boshqarmoq uchun U kelayotir,
Olamni adolat ila U boshqarar,
Xalqlarni Oʻz haqiqati ila boshqarar.
Currently Selected:
Zabur 95: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: