Zabur 91
91
91–SANO
1Sano. Shabbat kuni aytilgan qoʻshiq.
2Ey Egam, Senga shukur aytmoq yaxshidir,
Ey Xudoyi Taolo, Senga hamdu sano kuylamoq yaxshidir.
3Eʼlon qilmoq yaxshidir subhidamda sodiq sevgingni,
Eʼlon qilmoq yaxshidir kechalari sadoqatingni.
4Yaxshidir aytmoq bularni musiqa chalib
Oʻn torli asbobda, lirada, arfa joʻrligida!
5Ey Egam, qudratli ishlaringdan men shodman,
Qilgan ishlaringdan xursand boʻlib kuylayman.
6Ey Egam, ishlaring naqadar buyukdir!
Oʻylaring juda ham terandir!
7Aqlsiz kimsa buni bila olmaydi,
Ahmoq kimsa buni tushuna olmaydi:
8Garchi fosiqlar maysa kabi unib chiqsa ham,
Badkirdorlar gullab–yashnasa ham,
Ular to abad yoʻq boʻladi.
9Sen–chi, ey Egam, to abad ulugʻvorsan.
10Ey Egam, dushmanlaring albatta yoʻq boʻladi,
Ular shubhasiz halok boʻladi.
Badkirdorlarning hammasi tarqalib ketadi.
11Meni yovvoyi buqaday kuchli qilding,
Qudrating bilan menga qaytadan kuch ato etding#91:11 …Qudrating bilan menga qaytadan kuch ato etding — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …Menga yangi moy surtilgan. Bu oʻrinda moy Xudodan kuch olishga ishora boʻlib, koʻchma maʼnoda qoʻllangan..
12Dushmanlarim magʻlubiyatin koʻzlarim koʻrdi,
Badkirdorlar zavolin quloqlarim eshitdi.
13Solihlar palma daraxtiday gullab–yashnaydi,
Lubnondagi sadr daraxtiday#91:13 Lubnondagi sadr daraxti — 28:5 izohiga qarang. yuksaladi.
14Ular Egamizning uyiga oʻtqazilgan,
Xudoyimizning hovlisida ular yashnaydi.
15Keksalikda ham hamon hosil beradi,
Yam–yashil, navqiron boʻlib turaveradi.
16Ular birgalikda shunday deb eʼlon qiladi:
“Egamiz odildir! U mening suyangan qoyamdir,
Unda nohaqlik yoʻqdir.”
Currently Selected:
Zabur 91: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020