Zabur 85
85
85–SANO
Dovud ibodati.
1Tinglagin, ey Egam, javob ber menga,
Men muhtoj hamda yoʻqsilman.
2Taqvodorman, jonimni asragin,
Senga umid qilaman, men, qulingni qutqargin.
Sen mening Xudoyimsan.
3Shafqat qilgin menga, ey Rabbiy,
Kun boʻyi Senga iltijo qilmoqdaman.
4Men, qulingga shodlik baxsh etgin,
Ey Rabbiy, men Senga yuragimni ochaman.
5Sen, ey Rabbiy, yaxshisan, kechirimlisan,
Senga iltijo qilganlarga
Sodiq sevgingni koʻrsatasan.
6Ibodatimga quloq sol, ey Egam,
Shafqat soʻrab qilgan iltijoimga diqqat qil.
7Ogʻir kunda Senga iltijo qilaman,
Iltijolarimga Sen javob berasan.
8Ey Rabbiy, xudolar orasida hech qaysisi Senga oʻxshamaydi,
Bironta buyuk ishni Seniki bilan qiyoslab boʻlmaydi.
9Jamiki xalqlarni Sen yaratgansan,
Ey Rabbiy, ular kelib, Senga taʼzim qiladi,
Nomingga shuhrat keltiradi.
10Zero, Sen buyuksan, moʻjizalar koʻrsatasan,
Sen tanho Xudosan.
11Yoʻlingni menga koʻrsat, ey Egam,
Toki toʻgʻri soʻqmoqlaringdan yuray,
Menga sobit qalb bergin,
Men Sendan qoʻrqayin.
12Ey Rabbim Xudo, butun yuragim ila
Senga shukur aytaman!
To abad Sening nomingni ulugʻlayman.
13Menga boʻlgan sodiq sevging gʻoyat buyukdir,
Oʻliklar diyoridan#85:13 Oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 6:6 izohiga qarang. jonimni qutqargansan.
14Ey Xudo, takabburlar menga hujum qilmoqda,
Zoʻravonlar toʻdasi jonim payiga tushgan.
Ular Senga aslo eʼtibor bermaydi.
15Sen, ey Rabbiy, rahmdil va inoyatli,
Jahli tez chiqmaydigan Xudosan,
Sevging va sadoqating moʻldir.
16Holimga boq, mehr–shafqat qil,
Men qulingman, Oʻz choʻringning oʻgʻliman.
Menga qudratingdan ato qil,
Meni qutqargin.
17Marhamating alomatini menga koʻrsatgin,
Toki gʻanimlarim buni koʻrib, sharmanda boʻlsin.
Meni qoʻllab, tasalli bergansan, ey Egam.
Currently Selected:
Zabur 85: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020