Zabur 76
76
76–SANO
1Ijrochilar rahbari Yodutunga#76:1 Yodutun — 1 Solnomalar 16:41-42, 25:1, 3 ga qarang.. Osif#76:1 Osif — 49–sanoning izohiga qarang. sanosi.
2Faryod qilib, Xudoga yolvoraman,
Eshitgin meni, deb Xudoga hayqiraman#76:2 …Eshitgin meni, deb Xudoga hayqiraman — yoki …Xudoga hayqiraman, meni eshitadi..
3Qaygʻuli kunimda Rabbiyga intildim,
Tunda qoʻllarimni koʻtarib iltijo qildim,
Jonim tasalli topishni rad etdi.
4Ey Xudo, Seni oʻylaganimda, figʻon chekaman,
Ruhim zaiflashadi.
5Tun boʻyi Sen meni bedor qilding,
Soʻzlay olmayman azoblanganimdan.
6Oldingi kunlar haqida oʻylab yurdim,
Eski davrlarni eslab yurdim.
7Tun boʻyi oʻzim bilan oʻzim suhbat qurdim#76:7 Tun boʻyi oʻzim bilan oʻzim suhbat qurdim… — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Tunda aytgan qoʻshiqlarimni esladim….,
Qalbim xayolga berilib, ruhim soʻrab–surishtirdi:
8“Rabbiy to abad bizni rad etarmikan?
Hech qachon shafqat koʻrsatmasmikan?
9Uning sodiq sevgisi to abad yoʻqolganmi?
Uning vaʼdalari bir umrga tamom boʻlganmi?
10Xudo shafqatli boʻlishni unutib qoʻydimi?
Rahmdillik oʻrnini gʻazab egalladimi?”
11Oʻzimga oʻzim dedim:
“Xudoyi Taolo oʻng qoʻli orqali
Endi bizga yordam bermayapti.
Bu mening kulfatimdir.”
12Ey Egam, ishlaringni men yodga olaman,
Azaliy moʻjizalaringni esga olaman.
13Hamma ishlaringni xayolimdan oʻtkazaman,
Qudratli ishlaring haqida fikr yuritaman.
14Sening yoʻling, ey Xudo, muqaddasdir,
Qaysi xudo Senday buyukdir?!
15Moʻjizalar yaratuvchi Xudo Sensan,
Xalqlar orasida qudratingni koʻrsatgan Sensan.
16Qudrating bilan Oʻz xalqingni,
Yoqub hamda Yusuf nasllarini qutqargansan.
17Ey Xudo, suvlar Seni koʻrganda,
Ha, suvlar Seni koʻrganda, qoʻrqib ketdilar,
Tubsiz dengizlar larzaga keldi!
18Bulutlar yomgʻirin quydi,
Samolar gumburlab yangradi,
Oʻqlaring har tomonda
Yalt etib paydo boʻldi.
19Gumbur–gumbur eshitildi quyun ichida,
Chaqmoqlaring olamni yoritdi,
Zamin titrab, tebrandi.
20Yoʻling dengiz orqali oʻtdi,
Soʻqmogʻing bahaybat suvlardan oʻtdi,
Izlaring esa koʻrinmas edi.
21Xalqingni qoʻy suruviday yetaklab bording,
Muso, Horunni rahnamo qilib tanlading.
Currently Selected:
Zabur 76: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020