Zabur 75
75
75–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar joʻrligida aytiladigan Osif#75:1 Osif — 49–sanoning izohiga qarang. sanosi. Qoʻshiq.
2Yahudo yurtida Xudo mashhurdir,
Isroilda Uning nomi buyukdir.
3Uning chodiri Quddusdadir#75:3 Quddus — ibroniycha matnda Salim, Quddusning qadimgi nomi.,
Makoni Siondadir.
4Oʻsha yerda sindirdi otashday oʻqlarni,
Qalqonu qilichni, jang qurollarini.
5Ey Xudo, naqadar buyuksan!
Oʻljaga boy togʻlardan Sen ulugʻvorsan!
6Jasur askarlar oʻlja boʻlib yotibdi,
Ular oʻlim uyqusiga ketgan.
Bironta jangchining
Qoʻl koʻtarishga kuchi qolmadi.
7Ey Yoqubning Xudosi! Sening hayqirigʻingdan,
Otlaru chavandozlar karaxt boʻlib yotibdi.
8Chindan ham Sen qoʻrqinchlisan,
Kim bardosh bera olar Sening qarshingda,
Gʻazabing qoʻzgʻalgan paytda?!
9-10Samolardan hukmingni eʼlon qilding!
Ey Xudo! Sen hukm qilay deb,
Olamdagi mazlumlarni qutqaray deb, qoʻzgʻalding.
Shunda yer yuzi qoʻrqib sukutda qoldi.
11Insonga boʻlgan gʻazabing#75:11 Insonga boʻlgan gʻazabing… — yoki Senga boʻlgan inson gʻazabi…. Oʻzingga hamdu sano keltirar,
Gʻazabingdan qutulganlarni atrofingga toʻplaysan#75:11 …Gʻazabingdan qutulganlarni atrofingga toʻplaysan — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …Gʻazabning qolganini kiyib olasan. Oyatning bu qismidagi ibroniycha matnning maʼnosi bahsli..
12Egangiz Xudoga ontingizni ado qilinglar,
Qoʻrqinchli Xudoga atrofidagilari#75:12 atrofidagilari — atrofdagi xalqlarning hukmdorlari (shu sanoning 13–oyatiga qarang) yoki samodagi kengashda ishtirok etgan ilohiy zotlar nazarda tutilgan (81:1, 88:8 ga qarang).
Hadyalar olib kelsinlar!
13Xudo takabbur shahzodalarni boʻysundirib oladi,
Yer yuzi shohlarini qoʻrquvga soladi.
Currently Selected:
Zabur 75: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020