Zabur 60
60
60–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar joʻrligida aytiladigan Dovud sanosi.
2Eshitgin, ey Xudo, ohu nolamni,
Tinglagin mening ibodatimni.
3Yerning u chetidan Senga yolvoraman,
Yuragim qon boʻlganda, Seni chaqiraman.
Yetib boʻlmas baland qoyaga meni olib chiqqin.
4Sen mening panohim boʻlgandirsan,
Dushmanimga qarshi mustahkam minorasan.
5Chodiringda to abad maskan qilay,
Qanotlaring soyasida panoh topay.
6Axir, ey Xudo, ontimni eshitgansan,
Nomingdan qoʻrqqanlarning mulkidan menga ato qilgansan.
7Shohning umrini uzaytirgin,
Nasllar osha hayotini davom ettirgin.
8Ey Xudo, u to abad huzuringda taxtda oʻtirsin,
Sevging, sadoqating ila uni himoya qilgin.
9Shunda Senga har doim hamdu sano kuylayman,
Bergan ontimni har kuni ado etaman.
Currently Selected:
Zabur 60: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020