Zabur 6
6
6–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Sakkiz torli asbob joʻrligida aytiladigan Dovud sanosi.
2Ey Egam! Gʻazab bilan menga tanbeh bermagin,
Qahring sochib, menga jazo bermagin.
3Ey Egam, madorim yoʻq, rahm qil menga,
Suyaklarim zirqiraydi xastalikdan,
Ey Egam, shifo ber menga.
4Azob chekmoqda jonim,
Qachongacha kuttirasan, ey Egam, qachongacha?
5Kel endi, ey Egam, qutqar jonimni,
Sodiq sevging haqi ozod qil meni.
6Axir, oʻlganda eslamas hech kim Seni,
Oʻliklar diyorida#6:6 Oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. Qadimda Isroil xalqi Sheoʻlni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy deb tushunardi. Yana 87:11-13 ga qarang. kim shukur qilar Senga?!
7Oh–voh qilaverib charchadim,
Tunlari koʻz yoshlarim tufayli oʻrnim hoʻl boʻldi,
Yigʻlaganimdan toʻshagim shalabbo boʻladi.
8Koʻzlarim nuri soʻndi gʻamdan,
Zaiflashdi koʻzlarim dushmanlarim dastidan.
9Yoʻqolinglar koʻzimdan hammangiz, ey badkirdorlar!
Nola–yigʻilarimni Egam eshitdi.
10Egam eshitdi mening iltijoimni,
Egam qabul qiladi mening ibodatimni.
11Jamiki dushmanlarim uyalib qoladi,
Hammasi vahimaga tushib qoladi,
Oʻsha on sharmanda boʻlib, qaytib ketadi.
Currently Selected:
Zabur 6: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020