Zabur 59
59
59–SANO
1-2Ijrochilar rahbariga. Dovud Oram–Naxrayim#59:1-2 Oram–Naxrayim — ibroniychadagi maʼnosi Ikki daryoning Orami demakdir. Bu yer Furot daryosi boʻyida joylashgan boʻlib, hozirgi Suriya mamlakatining shimoliy qismini va hozirgi Turkiyaning janubi–sharqiy qismini qamrab olardi. va Oram–Zoʻvo#59:1-2 Oram–Zoʻvo — bu yer hozirgi Suriya mamlakatining markaziy qismida joylashgan edi. xalqi bilan urush qilayotgan paytda#59:1-2 Dovud Oram–Naxrayim va Oram–Zoʻvo xalqi bilan urush qilayotgan paytda… — 2 Shohlar 8:3-8, 10:16-18 va 1 Solnomalar 18:3-11, 19:6-19 ga qarang. Yoʻab qaytib kelib, oʻn ikki ming Edomlikni Tuz vodiysida#59:1-2 Tuz vodiysi — Oʻlik dengizning janubidagi oʻlka. oʻldirgandan keyin, Dovudning aytgan qoʻshigʻi. “Nilufar gul shahodati” kuyiga aytiladi. Taʼlim uchun.
3Ey Xudo, bizni tark etding,
Mudofaamizni yorib oʻtding,
Bizdan gʻazablanding,
Endi bizni oldingi holimizga qaytargin!
4Yerni silkitding, yoriqlar ochding,
Yoriqlarni tuzatgin, yer tebranmoqda.
5Xalqingga koʻp azoblar berding,
Gandiraklab yursin deb, ichgani sharob#59:5 sharob — bu oʻrinda Xudo gʻazabining ramzi boʻlib, sharobdan mast boʻlish Xudoning hukmiga duchor boʻlishni bildiradi (Ishayo 51:17-23, Yeremiyo 25:15-29 ga qarang). berding.
6Ular kamon oʻqlaridan yashirinib olsin deya#59:6 Ular kamon oʻqlaridan yashirinib olsin deya… — yoki Ular haqiqat haqi bayroq ostida yigʻilsin, deya….,
Oʻzingdan qoʻrqqanlarga ishora berib, bayroq koʻrsatasan.
7Oʻng qoʻling ila gʻalaba ato qilgin,
Iltijoimizga javob bergin#59:7 …Iltijoimizga javob bergin… — yoki …Iltijoimga javob bergin….,
Suyukli bandalaring najot topsin.
8Ey Xudo, Oʻz muqaddas makoningdan vaʼda bergansan#59:8 …Oʻz muqaddas makoningdan vaʼda bergansan… — yoki …Sen muqaddassan, vaʼda bergansan….:
“Shodlanib, Shakamni#59:8 Shakam — Quddusdan qariyb 50 kilometr shimolda, Isroil tepaliklarida joylashgan shahar. boʻlib tashlayman,
Suxot vodiysini#59:8 Suxot vodiysi — Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan. taqsimlab beraman.
9Gilad Menikidir, Manashe#59:9 Gilad…Manashe… — Gilad oʻlkasi Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan. Manashe Isroil xalqining qabilalaridan biri boʻlib, bu qabilaning hududi Iordan daryosining sharq va gʻarb tomonida joylashgan edi. Menikidir,
Efrayim dubulgʻamdir, Yahudo#59:9 …Efrayim…Yahudo… — Isroil xalqining ikkita yetakchi qabilasi. Efrayim Isroilning shimolida, Yahudo janub tomonida joylashgan edi. Ikkala qabila ramziy maʼnoda butun Isroil xalqini ifoda etadi. saltanat hassamdir.
10Moʻab Mening qoʻlyuvgichimdir,
Edom uzra chorigʻimni otaman#59:10 …chorigʻimni otaman… — qadimgi Isroilda kimdir yerdan bir qismini mulk qilib olishga daʼvogarlik qilganda chorigʻini otgan, shu ramziy xatti–harakat odat boʻlib qolgan.,
Olqishlang Meni, ey Filistlar!#59:10 Moʻab…Edom…Filistlar — Isroilning sharq, janub va gʻarbidagi qoʻshni xalqlari boʻlib, ular Isroilga dushman edilar. Moʻab yurti Oʻlik dengizning sharqida, Edom yurti Oʻlik dengizning janubida joylashgan edi. Filistlar Oʻrta yer dengizi boʻyida yashagan.”
11Ey Xudo, qaniydi mustahkam shaharga#59:11 mustahkam shahar — Edom yurtining poytaxti Sela nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. meni olib borsalar,
Edomga meni boshlab borsalar.
12Axir, bizni Oʻzing rad etding–ku!
Lashkarimizga yoʻlboshchilik qilmayapsan–ku endi!
13Dushmandan qutqarib, bizga yordam ber,
Insonning yordami butunlay behuda.
14Ey Xudo, Sen bilan biz gʻolib boʻlamiz,
Dushmanlarimizni Sen yanchib tashlaysan.
Currently Selected:
Zabur 59: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: